Ispaniyalik jurnalistlar Kilian Mbappe haqida tanqidiy fikrlar bildirishdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 4

Ispaniyalik jurnalistlar Kilian Mbappe haqida tanqidiy fikrlar bildirishdi

📻 Esteban (Onda Cero eksperti): "Mbappe qaysi klubda o'ynayotganini tushunmayapti... "Real Madrid" — bu "PSJ" emas. Mbappe professionallik masalasida Ronaldu va Messidan ancha ortda qolmoqda. Qolaversa, u faqat individual sovrinlarga e'tibor qaratgan"

📻 Sierra (Onda Cero jurnalisti): "Mbappe qayerda ekanligini tushunadigan aqlli yigit deb o'ylayman. Ammo muammo shundaki, uning baribir parvoyi palak"

📻 Karreno (Cadena SER jurnalisti): "Mbappe — "Madrid"ning eng yaxshi futbolchisi, ammo bu kiyinish xonasining yetakchisi maqomiga erishishiga hali ancha bor. Mbappe "Madrid"ga faqat gol urish uchun o'tgani tobora oydinlashib bormoqda. Boshqa o'yinchilar uchun o'rnak bo'lish darajasiga yetishiga esa hali uzoq"

📻 Uskiano (Cope jurnalisti): "Madrid" muxlislari Mbappening ham sport, ham maydon tashqarisidagi harakatlaridan norozi. O'tgan mavsumda Mbappe eng muhim o'yinlarda o'zini ko'rsata olmadi"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!