Konate transferi bo'yicha ekspertlar fikri
Ispaniyalik jurnalistlar va ekspertlar "Real Madrid"ning yangi futbolchisi Ibrahima Konate transferi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
📻 M. Ruis (Cope jurnalisti):
Konate - "Madrid" uchun juda muhim transfer.
📻 Esteban (Onda Cero eksperti):
O'ylashimcha, yakunda Konate himoyadagi ishonchliligi sababli "Madrid" asosiy tarkibida Xausenning o'rnini egallaydi.
📻 Ros (Onda Cero jurnalisti):
"Real Madrid" nima uchun Konateni sotib olganini tushunaman, chunki u erkin agent edi... Ammo uning o'yin darajasi menda shubha uyg'otmoqda.