#Din Xausen — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ispaniyalik jurnalistlar Konate va Xausenning o'yiniga baho berishdi

Ispaniyalik jurnalistlar Konate va Xausenning o'yiniga baho berishdi

Ispaniyalik jurnalistlar A. Blanko va Ros "Real Madrid" himoyachilari Ibraima Konate hamda Din Xausenning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti):

Konate va Xausen "Madrid" markaziy himoyasida ajoyib juftlikni tashkil etmoqda. Ikkalasi ham ishonchli o'ynab, jamoa himoyasiga kerakli barqarorlikni bag'ishlamoqda.

Konate va Xausen o'z darvozasidan uzoqda ham, jarima maydonchasi ichida ham samarali harakat qilishmoqda — o'z vaqtida to'pni ilib ketishadi, jamoadoshlarini sug'urtalashadi va xatolarni tuzatishadi. Bundan tashqari, ular to'p bilan muomalada ham "Madrid"ga o'z imkoniyatlariga yarasha foyda keltirishyapti.

📻 Ros (Onda Cero jurnalisti):

Hozirda Xausen "Real Madrid"ga o'tganidan beri o'zining eng yaxshi sport formasida.

Jud Bellingem haqida shov-shuvli xabar tarqaldi

Jud Bellingem haqida shov-shuvli xabar tarqaldi

Braziliyalik jurnalist Leo Dias Jud Bellingemning Vinisius uyushtirgan bazmdagi xatti-harakatlari haqida shov-shuvli ma'lumotlarni e'lon qildi.

😎 Leo Dias (braziliyalik jurnalist): Bellingem Vinisiusning uyidagi bazmda Eshlin Kastroga xiyonat qildi.

15-oktyabrga o'tar kechasi Vinisius o'zining Madrid qarorgohida yopiq bazm uyushtirdi. Mehmonlar orasida Bellingem, Kamavinga, Xoysen va bir nechta taklif etilgan qizlar bor edi.

Jurnalistning ta'kidlashicha, Jud boshqa o'yinchilardan oldinroq ketgan, ketishidan oldin bir nechta ayollarning labidan o'pgan va shundan so'ng boshqa tadbirga yo'l olgan.

Internetda mehmonlardan biri tomonidan tasvirga olingan deb taxmin qilinayotgan videolar paydo bo'ldi: qizlar bazmdan chiqishda bayram qilishmoqda va «Menga yoqdi! Menga yoqdi!» deb hayqirishmoqda. Postlardan birida Bellingemning akkaunti belgilangan.

O'ng ustun yangiliklari