Atletiko va Xavyer Tebas "Real Madrid"ni hakamlar borasidagi tanqidlari uchun aybladi
Atletiko va La Liga prezidenti Xavyer Tebas Real Madridning hakamlar faoliyatiga nisbatan bildirayotgan tanqidlarini keskin qoraladi.
"Atletiko" ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi mazmundagi postni e'lon qildi: "[Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus sababli] ularda ["Madrid"da] yangi chaqiruv bor — uch hafta La Ligasiz [hakamlar haqida gapirish]. Bu mavsumda ular juda erta start olishdi [arbitrlar tanqidi bilan]".
Post shuningdek, "Mexanizm ishga tushirildi" yozuvi tushirilgan tasvir bilan birga taqdim etildi.
Tebas (La Liga prezidenti): "K. Romero Bellingemga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun chetlatilishi kerakmidi? Yo'q, chunki u birinchi bo'lib to'pga tegdi. Xausen qizil kartochkaga loyiqmidi? Ha. Bosh hakam to'g'ri qaror qabul qildi.
"Real Madrid" madridliklar derbisida ular aytayotgan hakamlik xatolari tufayli emas, balki mag'lub bo'ldi. RMTV'ning harakatlari jirkanch va bu hakamlarga bosim o'tkazish usulidir".
Cope xabariga ko'ra, garchi Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) derbi bosh hakami Ortis Aryasning ishini tahlil qilish kerak deb hisoblasa-da, u yerda "Madrid"da hakamlikni tanqid qilish orqali e'tiborni o'z o'yinlaridan chalg'itishga urinishayotganiga ishonishadi.