Din Xuyzen: «Real Madrid»da o'ynash mening orzuim edi»
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Matbuot 👁 8

Din Xuyzen: «Real Madrid»da o'ynash mening orzuim edi»

Din Xuyzen o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Real Madrid»ga o'tishi va 4-raqamni tanlashi haqida fikr bildirdi:

«Real Madrid»da o'ynash va 4-raqamli libosni kiyish doimo mening orzuim bo'lgan. Bolaligimda Serxio Ramos mening kumirim edi. U ushbu raqam ostida to'p surgan va «Real» hamda jahon futboli uchun haqiqiy afsonaga aylangan. Men hatto uning SR4 butsasida o'ynaganman, chunki aynan u kabi bo'lishni istardim.

Unga qadar bu raqamni Fernando Yerro kiygan — u ham «Real» va jahon futboli afsonasi. Ammo men uchun bu raqam yana bir sababga ko'ra qadrli, chunki u ham men kabi Malagadan.

Keyin bu raqam David Alabaga nasib etdi. U bilan bir kiyim almashtirish xonasida bo'lish men uchun katta sharaf edi. U men hayotimda uchratgan eng yaxshi insonlar va sheriklardan biri. U doimo tinim bilmay mehnat qiladi, o'z tajribasi va yetakchilik qobiliyati bilan barchaga yordam berishga tayyor.

Klub, prezident, murabbiy, futbolchilar va barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bu raqamni afsonalar kiyganini bilaman va umid qilamanki, bir kun kelib odamlar meni ushbu libos va raqamga loyiq deb bilishadi. Ammo shuni aniq ayta olamanki, men har kuni, xoh mashg'ulotda, xoh o'yinda bor kuchimni beraman.

RAHMAT.
DIN XUYZEN 4.
HALA MADRID 🤍
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!