Real Madrid markaziy himoyachi izlamoqda
Real Madrid kelasi yozda markaziy himoyani kuchaytirish uchun ikki xil variantni ko'rib chiqmoqda. Pikon bu boradagi tafsilotlar bilan o'rtoqlashdi.
🎤Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Madrid"da kelasi yozda markaziy himoya chizig'ini kuchaytirish borasida ikki xil qarash mavjud.
Birinchi tomon vakillari Rüdiger va Alaba holatlarida bo'lgani kabi, darhol jamoa mudofaasini mustahkamlay oladigan va kerakli ishonchni ta'minlaydigan tajribali o'yinchini xarid qilish tarafdori.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari esa "Madrid" kelajakda o'z salohiyatini namoyon eta oladigan yosh va iqtidorli himoyachiga sarmoya kiritishi kerak deb hisoblashadi"