#Serxio Ramos — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Din Xoysen: "Real Madrid"da 4-raqamda o'ynash - orzularimning ushalishi"

Din Xoysen: "Real Madrid"da 4-raqamda o'ynash - orzularimning ushalishi"

Din Xoysen "Real Madrid"da 4-raqam ostida o'ynash orzusi va Mourinyu qo'l ostidagi mashg'ulotlar haqida gapirdi.

❓ Endi siz to'rtinchi raqam ostida o'ynayapsiz. "Real Madrid"da 4-raqamni kiyish siz uchun nimani anglatadi?

🎙 Din Xoysen:

Bu men doimo orzu qilgan narsa. Bir necha bor aytganimdek, mening kumirim doim Serxio Ramos bo'lib kelgan.

❓ Ushbu mavsumoldi tayyorgarlikni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?

🎙 Din Xoysen:

Biz juda ko'p va shiddatli mashg'ulot o'tkazyapmiz, ko'p yuguryapmiz. Mourinyu bizdan juda ko'p narsani talab qilmoqda va bu bizga foyda keltirmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Jerar Pike: «Real Madrid» muxlislari doim hakamlar haqida gapiradi»

Jerar Pike: «Real Madrid» muxlislari doim hakamlar haqida gapiradi»

Jerar Pike «Real Madrid» muxlislarining hakamlar haqidagi shikoyatlariga munosabat bildirdi va «Barselona»ning o'yin uslubi haqida gapirdi.

Jerar Pike:

«Siz, «Real Madrid» muxlislari, doim hakamlar haqida gapirasiz. Hakamlik xatolari ko'p, ammo tarixan ular doim «Real Madrid» foydasiga bo'lgan. Meni Chempionlar ligasi finallarida hisobga olinmasligi kerak bo'lgan gollar, masalan, Serxio Ramosning goli haqida eslatishga majbur qilmang. «Barselona»ning g'alaba qozonish uchun faqat bitta yo'li bor — yaxshi o'ynash. Aynan shuning uchun biz haqimizda ko'p gapirishadi: biz ajoyib futbol ko'rsatib, ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritganmiz».
Serxio Ramos Madrid klubi mashg'ulotiga tashrif buyurdi

Serxio Ramos Madrid klubi mashg'ulotiga tashrif buyurdi

Serxio Ramos Madrid klubi mashg'ulotlariga tashrif buyurdi. Sobiq sardor jamoa vakillari bilan uchrashdi.

📰 AS xabariga ko'ra, Serxio Ramos bugungi Madrid mashg'ulotiga tashrif buyurdi. Jamoaning sobiq sardori barcha futbolchilar va xodimlar bilan ko'rishdi.

Eslatib o'tamiz, 40 yoshli himoyachi hozirda erkin agent maqomida.