Xakobo ("Real Madrid" tarbiyalanuvchisi, hozirda "Komo"da o'ynamoqda): "Men elitaga chiqish uchun 2025-yilda "Real Madrid"ni tark etdim. Hozircha bunga erisha olmadim, lekin to'g'ri yo'ldaman.
"Real Madrid"ga qaytishim haqidagi mish-mishlar? Hozir bu haqda o'ylamayapman. Oldinda hali juda uzun mavsum bor. Men "Komo"dagi kundalik ishimga diqqatimni qaratganman. "Komo"ning "Real Madrid"ga qarshi ehtimoliy o'yini? Ha, bu haqda o'ylaganman. Men Chempionlar ligasi yarim finalida "Real Madrid"ga qarshi o'ynashga rozi bo'lardim.
Ramos — mening kumirim. Bolaligimda aynan uni ko'proq kuzatardim. Militao — hozirgi vaqtda eng sevimli futbolchim. Pas — mening eng yaqin do'stim".
ℹ️Eslatib o'taman, "qirollik klubi" kelasi yozda 21 yoshli himoyachini taxminan 10 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega.
Joriy mavsumda Xakobo 15 ta o'yinda (1291 daqiqa) maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!