Mark Kukurelya «Real»ning remontadalari haqida fikr bildirdi
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya «Real Madrid»ning mashhur remontadalari va jamoa ruhiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
💭 Mark Kukurelya remontada haqida:
Men remontada nimaligini ko'rganman: shunday lahzalar bo'ladiki, «Madrid» o'lgan va umid yo'qdek tuyuladi, ammo 10 daqiqadan so'ng hamma narsa o'zgarib ketadi.
Sheriklarim: Karvaxal, Xoselu, Nacho buni oxirgi marta amalga oshirganini yaxshi eslayman. Bu juda o'zgacha narsa.
Buni ichkaridan his qilish eng go'zal davrlardan biri bo'ladi. Umid qilamanki, hamma narsa yaxshi yakunlanadi va biz barcha muxlislarni xursand qila olamiz.