Mark Kukurelya klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida "Real Madrid"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.
"Real Madrid" kabi dunyoning eng yaxshi klubida to'p surish imkoniyatiga ega bo'lish men va oilam uchun katta faxr va sharaf. "Real Madrid"ga o'tganimdan juda xursandman. Umid qilamanki, biz ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz.
"Madrid"ning 2024-yilgi Chempionlar ligasidagi g'alabasi o'zgacha edi! Biz turnir finalini Ispaniya terma jamoasi bilan birga tomosha qilganmiz, o'shanda Karvaxal, Nacho va Xoselu g'alaba qozonishgandi. Umid qilamanki, "Madrid" bilan birga bir necha bor Chempionlar ligasida zafar quchaman.
"Real Madrid"da o'ynashdan juda hayajondaman. Raqib sifatida "Bernabeu"da qiynalganman. Bu stadion qanchalik ajoyib ekanligini bilaman. Bundan tashqari, "Madrid"ga remontada qilish uchun nimalar kerakligini ko'rganman. Ba'zida o'yin tugagandek va kambek uchun hech qanday umid yo'qdek tuyuladi, ammo keyin "Madrid" hamma narsani 10 daqiqa ichida o'zgartirib yuboradi.
O'ylaymanki, "Madrid" ijrosidagi remontadalar — bu sehrli narsa. Futbolchi sifatida bunday tajribani boshdan kechirish men uchun eng go'zal lahzalardan biri bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!