#Dani Karvaxal — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Dani Karvaxal Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi

Dani Karvaxal Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi

Dani Karvaxal o'zining sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti bilan ishlash jarayoni va uning futbolchilarga bo'lgan munosabati haqida gapirib berdi.

🗣️ Dani Karvaxal Karlo Anchelotti haqida:

Karlo men uchun haqiqiy futbol otasi edi.

U maydonga tushganlarni ham, zaxirada qolganlarni ham birdek xursand qila olardi.

Ko'pchilik murabbiylar uchun bu nihoyatda qiyin vazifa, ammo Karlo buni hayratlanarli darajada osonlik bilan uddalardi.

Uning yonida har kim o'zini qulay his qilardi. Hatto o'ynamagan paytingizda ham sizda g'azab yoki norozilik hissi uyg'onmasdi.
Vinisius Tobias «Real Madrid»ni tark etishi mumkin

Vinisius Tobias «Real Madrid»ni tark etishi mumkin

Jurnalist B. Fernandes xabariga ko'ra, «Kastilya» himoyachisi Vinisius Tobias yozda «Real Madrid»ni tark etadi. Futbolchiga La Liga va Segunda klublari qiziqmoqda.

Jurnalist B. Fernandes xabariga ko'ra, «Kastilya» himoyachisi Vinisius Tobias yozda «Real Madrid»ni tark etadi. 22 yoshli futbolchi farm-klub bilan mashg'ulotlarni boshlagan bo'lsa-da, uning kelajagi Madrid klubi bilan bog'liq emas.

La Liga va Segundaning bir nechta jamoalari Tobias transferiga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum davomida futbolchi asosiy jamoa safida bir nechta o'yin o'tkazgan, biroq yakunda Karvaxalning o'yin amaliyoti kamligidan noroziligi sababli «Kastilya»ga qaytarilgandi.

O'ng ustun yangiliklari

Dani Karvaxal «Real»dagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi

Dani Karvaxal «Real»dagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi

Dani Karvaxal «Real»dagi faoliyatini yakunlash qarori va klubdagi o'zgarishlar davri haqida fikr bildirdi.

😔 Dani Karvaxal «Real»dagi faoliyatini yakunlashi haqida:

So'nggi bir necha oy ichida klub bilan birgalikda ushbu bosqichni yakunlash to'g'risida qaror qabul qildik.

Bundan tashqari, o'zgarishlar davri kelayotganini tushunib turgandim. Shunday ham bo'ldi. O'ylaymanki, bu eng maqbul vaqt edi.