Dani Ximenes «Oviedo» safiga o'tdi
«Real Madrid» tarbiyalanuvchisi Dani Ximenes faoliyatini «Oviedo» klubida davom ettiradigan bo'ldi.
Rasman: D. Ximenes «Oviedo»ga o'tdi.
OAV xabariga ko'ra, «Real Madrid» «Kastilya»ning 22 yoshli yarim himoyachisi huquqlarining ma'lum bir qismini o'zida saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum o'rtalarida Ximenes «qaymoqranglilar» asosiy jamoasi safida bir nechta o'yin o'tkazgan, biroq yakunda Karvaxalning amaliyot kamligidan noroziligi sabab «Kastilya»ga qaytarilgandi.