Rodri transferi bo'yicha vaziyat oydinlashdi
Rodri transferi atrofidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi. Mourinyu rahbariyatdan norozi emas va jamoa tarkibidan mamnun.
📰 R. Kan'yares (ABC jurnalisti):
"Ochiqchasiga aytganda, "Real Madrid" Rodri bilan unchalik qiziqmagan"
📰 AS ma'lumotiga ko'ra, Mourinyu Rodri transferi barbod bo'lgani uchun "Madrid" rahbariyatidan mutlaqo norozi emas. Portugaliyalik mutaxassisning o'zi ham 30 yoshli yarim himoyachini sotib olishni taklif qilmagan.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi klub bosh direktori Sanches va bosh skaut Kalafat bilan suhbatda tarkibni kuchaytirish bo'yicha umumiy ehtiyojlarni belgilab olgan. Aynan o'sha paytda Rodrining ismi tilga olingan.
Tomonlar Ispaniya terma jamoasi sardori jamoani kuchaytirishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Bu xulosalar uning JCh-2026dagi o'yinidan so'ng yanada mustahkamlangan.
"Madrid" futbolchiga taklif bilan chiqqan, ammo u yakunda "Barselona"ni tanlagan. OAVdagi xabarlarga qaramay, madridliklar Rodridan shaxsiy shartnoma bo'yicha rozilik olishmagan, "Manchester Siti" bilan esa muzokaralar umuman olib borilmagan.
Albatta, Mourinyu Rodrini o'z jamoasida ko'rishni istagan bo'lardi, ammo muzokaralar yakunlangach, u rahbariyat oldida mish-mishlarda aytilganidek janjal ko'tarmagan. Portugaliyalik murabbiy klub tarkibni kuchaytirish uchun qo'lidan kelganini qilayotganini biladi va bu borada rahbariyat bilan aloqada.
Agar "Madrid"da mos keladigan markaziy yarim himoyachini xarid qilish imkoniyati paydo bo'lsa, klub undan foydalanadi. Biroq, voqealar rivojini tezlashtirish rejalashtirilmagan, chunki jamoa ichida Gyuler, Tchuameni va Bernardu bilan maydon markazida raqobatbardosh tarkib shakllantirish mumkinligiga ishonch bor. Mourinyu o'z vatandoshini dastlabki rejalarda "Madrid"ning bo'lajak mavsumdagi "miya markazi" sifatida ko'rgandi.