#David Ximenes — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

David Ximenes «Real» bilan xayrlashdi

David Ximenes «Real» bilan xayrlashdi

David Ximenes 13 yillik faoliyatidan so'ng «Real Madrid» bilan xayrlashdi. Futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xayrlashuv maktubini qoldirdi.

👋 David Ximenes o'zining Instagram sahifasida shunday deb yozdi:

Bugun men 13 yil davomida uyim bo'lgan joy bilan, bolaligimdan orzu qilgan klub bilan, o'sishimga va bir vaqtlar imkonsiz tuyulgan orzularimni amalga oshirishimga guvoh bo'lgan klub bilan xayrlashishim kerak.
Men bu yillardan ko'p narsani o'zim bilan olib ketyapman, lekin eng avvalo – odamlar va bu joyni shuncha yillar davomida uyimga aylantirgan lahzalarni.
Bu yo'lda men bilan birga bo'lgan barchaga rahmat. Murabbiylarimga, jamoadoshlarimga, klub xodimlariga, oilamga va men bu yerga bola bo'lib kelganimdan beri menga ishongan barchaga tashakkur.
Bugun men ketyapman, lekin bir qismim shu yerda qolishini bilaman. Chunki shunday joylar borki, ular abadiy sening tarixingning bir qismi bo'lib qoladi.
RAHMAT 🤍