Manuel Anxel «Fulxem» futbolchisiga aylandi
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Manuel Anxel rasman «Fulxem» futbolchisiga aylandi.
Klub Manuel Anxelni Madridning «Real» klubidan noma'lum summa evaziga sotib olganini rasman e'lon qildi.
22 yoshli futbolchi 2029-yilning iyunigacha mo'ljallangan uch yillik shartnomaga imzo chekdi. Kelishuv yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan tuzilgan.
Shartnoma imzolanganidan so'ng Manuel Anxel o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Fulxem» kabi afsonaviy klub, ya'ni Londondagi eng qadimgi jamoa bilan shartnoma imzolash ajoyib tuyg'u. Har bir futbolchi o'z faoliyatida hech bo'lmasa bir marta o'ynashni orzu qiladigan Premer-liga kabi chempionatda maydonga tushish esa katta sharaf. Men muxlislarimizning, xususan, «Kreyven Kottej»dagi ashaddiy ishqibozlarimizning qo'llab-quvvatlashini his qilishni intiqlik bilan kutyapman».