Dani Karvaxal: "Rodrining "Barselona"ga o'tishi? Men u bilan gaplashdim va uni "Real Madrid"ga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'ldim. O'ylaymanki, "Barselona" tomonidan ham uni o'z klubiga o'tishga undagan odamlar bo'lgan.
Kiyim almashtirish xonasidagi janjallar? "Madrid" futbolchilari bir necha bor o'zaro janjallashishgan. Ammo, o'tgan mavsumdan farqli o'laroq, to'qnashuvlar haqidagi ma'lumotlar hech qachon matbuotga sizib chiqmagan. Kiyim almashtirish xonasi yopiq eshiklar ortida qolishi kerak. Janjallar haqidagi ma'lumotlarning matbuotga chiqib ketishi meni g'azablantiradi", - deydi Karvaxal.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!