Jurnalist Ektor Gomes «Valensiya» murabbiyligiga nomzod Xavyer Agirre bilan muzokaralar davom etayotgani va klub Xoseluga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.
Ektor Gomes «Valensiya» lageridagi yangi tafsilotlar bilan bo'lishdi:
Yaqin soatlar ichida «Valensiya» va Xavyer Agirre o'rtasida uning kelishi masalasini yakuniy bosqichga olib chiqish uchun yangi aloqa o'rnatiladi.
Meksikalik mutaxassis tarkibda Xoseluni ko'rishni istaydi. Agirre uni yuqori baholaydi va u murabbiyga juda yoqadi, ammo futbolchining jismoniy holatini hamda klubning iqtisodiy imkoniyatlariga mos kelish-kelmasligini baholash kerak.
Agirrening kelishi va Xoseluga bo'lgan qiziqish haqidagi yangiliklar sizga qanday taassurot qoldirdi? Fikrlaringiz bilan izohlarda bo'lishing!
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya «Real Madrid»ning mashhur remontadalari va jamoa ruhiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
💭 Mark Kukurelya remontada haqida:
Men remontada nimaligini ko'rganman: shunday lahzalar bo'ladiki, «Madrid» o'lgan va umid yo'qdek tuyuladi, ammo 10 daqiqadan so'ng hamma narsa o'zgarib ketadi.
Sheriklarim: Karvaxal, Xoselu, Nacho buni oxirgi marta amalga oshirganini yaxshi eslayman. Bu juda o'zgacha narsa.
Buni ichkaridan his qilish eng go'zal davrlardan biri bo'ladi. Umid qilamanki, hamma narsa yaxshi yakunlanadi va biz barcha muxlislarni xursand qila olamiz.
O‘ylashimcha, hozir jamoaga o‘zgarishlar kerak. "Madrid"ga mutloq intizom, ayniqsa kiyinish xonasi ichida tartib zarur, Mourinyo esa insonlarni o‘z joyiga qo‘yib qo‘ya oladigan mutaxassisdir.
Xoselu: "Mourinyoning "Real Madrid"ga qaytishi? Joze — juda kuchli xarakterga va aniq g‘oyalarga ega murabbiy.
O‘ylashimcha, hozir jamoaga o‘zgarishlar kerak. "Madrid"ga mutloq intizom, ayniqsa kiyinish xonasi ichida tartib zarur, Mourinyo esa insonlarni o‘z joyiga qo‘yib qo‘ya oladigan mutaxassisdir.
Mening "Madrid"dan ketganimmi? Bu qaror qolgan butun umrim davomida menga og‘irlik qiladi. Men "Madrid"da boshdan kechirganlarimni endi hech qachon qayta his qila olmayman"
Mark Kukurelya "Real Madrid"ga o'tishi va klubdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Mark Kukurelya klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida "Real Madrid"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.
"Real Madrid" kabi dunyoning eng yaxshi klubida to'p surish imkoniyatiga ega bo'lish men va oilam uchun katta faxr va sharaf. "Real Madrid"ga o'tganimdan juda xursandman. Umid qilamanki, biz ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz.
"Madrid"ning 2024-yilgi Chempionlar ligasidagi g'alabasi o'zgacha edi! Biz turnir finalini Ispaniya terma jamoasi bilan birga tomosha qilganmiz, o'shanda Karvaxal, Nacho va Xoselu g'alaba qozonishgandi. Umid qilamanki, "Madrid" bilan birga bir necha bor Chempionlar ligasida zafar quchaman.
"Real Madrid"da o'ynashdan juda hayajondaman. Raqib sifatida "Bernabeu"da qiynalganman. Bu stadion qanchalik ajoyib ekanligini bilaman. Bundan tashqari, "Madrid"ga remontada qilish uchun nimalar kerakligini ko'rganman. Ba'zida o'yin tugagandek va kambek uchun hech qanday umid yo'qdek tuyuladi, ammo keyin "Madrid" hamma narsani 10 daqiqa ichida o'zgartirib yuboradi.
O'ylaymanki, "Madrid" ijrosidagi remontadalar — bu sehrli narsa. Futbolchi sifatida bunday tajribani boshdan kechirish men uchun eng go'zal lahzalardan biri bo'ladi.
Karlos Espi "Real Madrid"ga o'tishi, transfer jarayoni va jamoaga moslashuvi haqida gapirib berdi.
"Qirollik klubi" forvardining klub matbuot xizmatiga bergan intervyusi
"Real Madrid"ga o'tish — g'urur uchun katta sabab. O'z oilam va o'zim uchun juda baxtliman. "Madrid" uchun bor kuchimni beraman. Klub muzeyida Chempionlar ligasining 15 ta sovrinini ko'rish — hayratlanarli tuyg'u!
"Madrid"da har bir detallga e'tibor qaratishadi va bu aqlbovar qilmas holat! "Madrid" — dunyoning eng yaxshi futbol klubi. Infratuzilma obyektlari, "Santyago Bernabeu"... "Madrid"ga o'tganimdan so'ng "Bernabeu"ga borganimda hayratlanarli hislarni tuygandim. Aytishim mumkinki, o'sha kuni deyarli hamma narsa ajoyib edi.
O'ylashimcha, o'sha tun deyarli uxlamadim, chunki taqdimotim oldidan ertalab juda hayajonlangan holda uyg'ondim. Barchaning men uchun xursand bo'layotganini va bu lahzani men bilan birga nishonlayotganini ko'rish juda yoqimli edi.
"Madrid" mening transferimni 4 kunda hal qildi. Bizga muzokaralarni sir tutishni aytishgandi. Buvim va do'stlarim "Madrid"ga o'tayotganimdan bexabar edilar. Hech kim hech narsa bilmasdi, chunki men hech narsa deya olmasdim.
Hatto Madridga yetib kelganimda ham hech kim hech narsa bilmasdi. Ispaniya poytaxtiga payshanba kuni keldim. Tasavvur qiling, kelishuv haqidagi xabarlar OAVda chiqa boshlagach, do'stlarim va oilam mendan qayerga ketayotganimni so'rashni boshlashdi.
"Espanyol"ga qarshi o'yindagi golimni butun jamoa bilan nishonlashimiz? Bu ham men, ham boshqa futbolchilar uchun juda chiroyli lahza bo'ldi. Barchamiz burchak bayrog'i yonida golni nishonladik. Barchaning yonimda ekanligini va men uchun xursandligini ko'rish — ulkan quvonch!
So'nggi kunlar men uchun aqlbovar qilmas darajada o'tdi. Ammo "Bernabeu"da bo'lgan bo'lsam-da, bu stadionni yana yaqindan ko'rishni istayman. "Bernabeu" maysasini oyoqlarim bilan his qilish uchun katta xohish tuyyapman.
"Madrid" muxlislariga yo'llamoqchi bo'lgan xabarim? Bu yerda ekanligimdan juda baxtliman, shuningdek, debyutim va g'alaba keltirgan birinchi golimdan xursandman. Barchangizni "Bernabeu"da "Sosyedad"ga qarshi o'yinda ko'rishga umid qilaman.
Xoselu bilan solishtirishlarmi? U ajoyib o'yinchi. Xoseluning ijtimoiy tarmoqlarga men bilan sun'iy intellekt yordamida yaratilgan qo'shma suratni joylashi, Kurtua esa meni "Xoselu-kichik" deb atashi juda qiziq.