"Qirollik klubi" forvardining klub matbuot xizmatiga bergan intervyusi
"Real Madrid"ga o'tish — g'urur uchun katta sabab. O'z oilam va o'zim uchun juda baxtliman. "Madrid" uchun bor kuchimni beraman. Klub muzeyida Chempionlar ligasining 15 ta sovrinini ko'rish — hayratlanarli tuyg'u!
"Madrid"da har bir detallga e'tibor qaratishadi va bu aqlbovar qilmas holat! "Madrid" — dunyoning eng yaxshi futbol klubi. Infratuzilma obyektlari, "Santyago Bernabeu"... "Madrid"ga o'tganimdan so'ng "Bernabeu"ga borganimda hayratlanarli hislarni tuygandim. Aytishim mumkinki, o'sha kuni deyarli hamma narsa ajoyib edi.
O'ylashimcha, o'sha tun deyarli uxlamadim, chunki taqdimotim oldidan ertalab juda hayajonlangan holda uyg'ondim. Barchaning men uchun xursand bo'layotganini va bu lahzani men bilan birga nishonlayotganini ko'rish juda yoqimli edi.
"Madrid" mening transferimni 4 kunda hal qildi. Bizga muzokaralarni sir tutishni aytishgandi. Buvim va do'stlarim "Madrid"ga o'tayotganimdan bexabar edilar. Hech kim hech narsa bilmasdi, chunki men hech narsa deya olmasdim.
Hatto Madridga yetib kelganimda ham hech kim hech narsa bilmasdi. Ispaniya poytaxtiga payshanba kuni keldim. Tasavvur qiling, kelishuv haqidagi xabarlar OAVda chiqa boshlagach, do'stlarim va oilam mendan qayerga ketayotganimni so'rashni boshlashdi.
"Espanyol"ga qarshi o'yindagi golimni butun jamoa bilan nishonlashimiz? Bu ham men, ham boshqa futbolchilar uchun juda chiroyli lahza bo'ldi. Barchamiz burchak bayrog'i yonida golni nishonladik. Barchaning yonimda ekanligini va men uchun xursandligini ko'rish — ulkan quvonch!
So'nggi kunlar men uchun aqlbovar qilmas darajada o'tdi. Ammo "Bernabeu"da bo'lgan bo'lsam-da, bu stadionni yana yaqindan ko'rishni istayman. "Bernabeu" maysasini oyoqlarim bilan his qilish uchun katta xohish tuyyapman.
"Madrid" muxlislariga yo'llamoqchi bo'lgan xabarim? Bu yerda ekanligimdan juda baxtliman, shuningdek, debyutim va g'alaba keltirgan birinchi golimdan xursandman. Barchangizni "Bernabeu"da "Sosyedad"ga qarshi o'yinda ko'rishga umid qilaman.
Xoselu bilan solishtirishlarmi? U ajoyib o'yinchi. Xoseluning ijtimoiy tarmoqlarga men bilan sun'iy intellekt yordamida yaratilgan qo'shma suratni joylashi, Kurtua esa meni "Xoselu-kichik" deb atashi juda qiziq.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!