Ferran Torres Ispaniya terma jamoasi safini tark etdi. Uning o'rniga Karlos Espi chaqirildi.
🚑 Ferran Torres Ispaniya terma jamoasi tarkibidan chiqib ketdi. Bunga uning chap to'pig'idagi muammolar sabab bo'ldi. Uning o'rniga Karlos Espi chaqirildi. Kutilgan holat, shunday emasmi?
Joze Mourinyu o'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoasining o'yini, bahsli hakamlik qarorlari va yosh futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Joze Mourinyuning o'yindan keyingi matbuot anjumani:
O'yin va mag'lubiyat haqida:
O'ylaymanki, jamoa juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Biz to'liq ustunlik qildik, himoyada ishonchli harakat qildik, o'yinni nazorat qildik, yaxshi hujum qildik va ko'plab aniq golli vaziyatlar yaratdik.
Hatto durang ham qoniqarsizlik hissini qoldirgan bo'lardi, chunki biz ko'proq narsaga loyiq edik. Mag'lubiyatni qabul qilish esa yanada og'irroq.
Bahsli vaziyatlar — Kilian Mbappe ishtirokidagi penalti va Karlos Espining bekor qilingan goli haqida:
Men bu epizodlarni batafsil ko'rmadim va kiyim almashtirish xonasida takroriy lavhalarni tomosha qilmadim, shuning uchun baho bera olmayman yoki o'z fikrimni bildira olmayman.
Karlos Espi haqida:
U oxirgi 10–15 daqiqada maydonga tushib, ofsayd tufayli bekor qilingan bo'lsa-da, ajoyib gol urgan yosh o'yinchi.
Espi biz uchun muhim futbolchi. Hozircha uning maydonga tushishi bizga ochko keltirmadi, lekin u o'zini juda yaxshi ko'rsatmoqda. Uning salohiyati ulkan.
Bundan tashqari, u kamtar, mehnatkash va o'rganishni xohlaydi, shuning uchun u yanada yaxshiroq bo'ladi. Men uning o'yinidan juda mamnunman.
Arda Gulerning almashtirilishi haqida:
Ardani almashtirish juda qiyin, chunki u haqiqatan ham yaxshi o'ynadi.
Real Betis futbolchilari bunday vaziyatlarda ayyorroq harakat qilishdi. Real Madrid futbolchilari esa to'g'riroq va halolroq: qoidabuzarlikdan so'ng ular darhol o'rnidan turib, o'ynashda davom etishadi.
O'yin boshidayoq Valverdeni yiqitgan futbolchi sariq kartochkaga loyiq edi. Ko'p o'tmay Vinisiusga nisbatan qo'pol o'yin bo'ldi, u ham ogohlantirish bilan yakunlanishi kerak edi.
Arda qanday qilib atigi bitta kichik qoidabuzarlik bilan birinchi taymni sariq kartochka bilan yakunlaganini tushunmayapman.
Ikkinchi taymda u charchadi va men uni almashtirishga majbur bo'ldim, chunki ogohlantirish bilan uning holati xavfli bo'lib qolgandi. Lekin ha, Ardani almashtirish juda qiyin edi.
Karlos Espi o'z golidan keyin jamoadoshlarining ko'rsatgan munosabati va his-tuyg'ulari haqida gapirib o'tdi.
Karlos Espi golidan keyingi his-tuyg'ulari haqida gapirdi:
Bu ham men, ham boshqa barcha o'yinchilar uchun ajoyib tuyg'u edi: men gol urganimda, ularning barchasi burchak bayroqchasi oldida to'planib, bu voqeani nishonlashdi. Ularning barchasini yonimda ko'rish va ular bilan birga xursand bo'lish juda yoqimli edi.
Karlos Espi "Real Madrid"dagi debyuti, urgan goli va muxlislar bilan uchrashuv haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
💭 Karlos Espi:
Salom, madridistlar!
Men bu yerda ekanligimdan, "Real" futbolchisi sifatida tanishtirilganimdan, debyut qilganimdan, gol urganimdan va albatta, jamoaga g'alaba keltirganimdan juda xursandman.
Sizlarni chorshanba kuni "Sosedad"ga qarshi o'yinda ko'rishni kutib qolaman.
Karlos Espining so'nggi uch haftadagi faoliyati: Premer-ligadan «Real Madrid»ga o'tish va debyut o'yinida g'alaba golini kiritish.
Karlos Espining so'nggi uch haftasi:
• Premer-ligaga o'tishga yaqin turgandi. • So'nggi pallada «Real Madrid»dan taklif oldi. • 24 soat ichida «Real Madrid» bilan shartnoma imzoladi. • Mavsumoldi o'yinlarida ikkita gol urdi. • «Real Madrid» safida rasmiy o'yinda debyut qildi va so'nggi daqiqada g'alaba golini kiritdi.
Karlos Espi o'zining so'nggi kunlardagi his-tuyg'ulari va quvonchi haqida gapirib o'tdi.
Karlos Espi:
Oxirgi uch kun shunchaki aqlbovar qilmas darajada o'tdi, lekin men bu quvonchimni hech kim bilan bo'lisha olmasdim.
Kun bo'yi do'stlarim, oilam va jamoadoshlarim yonida bo'lib, buni yashirish va hech narsa deya olmaslik ancha charchatdi, ammo hozir men o'zimni nihoyatda baxtli his qilyapman.
Karlos Espi "Real Madrid"ga o'tishi va Joze Mourinyuning unga bo'lgan ishonchi haqida gapirdi.
📰 B. Fernandes xabariga ko'ra: "Mourinyu Espini "qudratli yirtqich" deb ta'riflamoqda. "Madrid" vakillari 194 santimetrli hujumchining jamoa bilan o'tkazgan ilk mashg'ulotidan so'ng uning jismoniy holatidan hayratda qolishdi.
Murabbiy Espi haqida u "qaymoqranglilar" safiga o'tguniga qadar ham bilar edi, shu bois uni "Madrid"da ko'rishni istagan. 21 yoshli futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak bo'lsa-da, Mourinyu unga ishonch bildirmoqda"
Espi: "Aslida "Real Madrid" transferimni juda tez rasmiylashtirdi. Har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga va bor kuchimni berishga harakat qilaman. O'zimni qanday o'yinchi deb ta'riflayman? Men klassik hujumchiman. Raqib jarima maydonchasi ichida bo'lishni va har qanday vaziyatdan foydalanishga tayyor turishni yoqtiraman"
Espining otasi: "Hozir o'zimizni xuddi kinodagidek his qilyapmiz. O'g'limning "Madrid"ga o'tishi jarayonidagi eng ajablanarli holat nima bo'ldi? Indin kechasi, shartnoma imzolash uchun Valdebebasga yetib kelganimiz zahoti, bizga Mourinyu biz bilan ko'rishib, shaxsan tabriklamoqchi ekanligini aytishdi.
Joze kelib, biz bilan juda xushmuomala bo'ldi, so'ng Karlosning yelkasidan ushlab, "endi sen menikisan" degancha uni o'z kabinetiga olib kirdi. Mourinyu o'g'lim bilan uzoq suhbatlashdi, unga jamoadagi rolini tushuntirdi va undan nimalarni kutayotganini aniq aytdi"
Alvaro Esteban Mourinyo Karlos Espi va Kilian Mbappe tandemini qanday ko'rayotgani haqida fikr bildirdi.
Alvaro Esteban fikricha, Mourinyo Karlos Espini Kilian Mbappega nisbatan butunlay boshqacha o'yin uslubiga ega bo'lgani uchun yuqori baholaydi.
"Real" bosh murabbiyi ushbu futbolchilar bir-birini muvaffaqiyatli to'ldira olishiga va ularning o'yin sifatlaridagi xilma-xillik o'yin borishiga qarab jamoaga ko'proq variantlar taqdim etishiga ishonadi.
Jose Luis Sanchez xabariga ko'ra, «Real Madrid» «Atletiko» ko'zlab turgan Karlos Espi transferini so'nggi pallada ilib ketdi.
Jose Luis Sanchez xabariga ko'ra, «Atletiko» Karlos Espini o'z safiga qo'shib olishga ishongan va rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko'rayotgan edi.
«Real Madrid» esa so'nggi pallada vaziyatga aralashib, bitimni bir necha soat ichida yakunladi va «Atletiko»ni shok holatiga tushirib qo'ydi. 😳
Avvaliga Kukurelya, endi esa Karlos Espi — Madrid derbisi yangi bosqichga ko'tarilmoqda 😬
Arancha Rodriges ma'lumotiga ko'ra, Karlos Espi Joze Mourinyo qo'l ostida «Real» mashg'ulotlarini boshlaydi.
💦 Arancha Rodriges xabariga ko'ra, Karlos Espi Joze Mourinyoda katta taassurot qoldirdi va murabbiy aynan shu futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istagan.
Espi bugun «Real» safida Joze Mourinyo qo'l ostidagi mashg'ulotlarga kirishadi.
Karlos Espi Ispaniya terma jamoasiga Ferran Torres o'rniga chaqirildi. Futbolchi U-21 safidagi muvaffaqiyatli o'yinidan so'ng asosiy tarkibga jalb etildi.
⭐️ Alvaro Esteban:
Karlos Espi Ispaniya asosiy terma jamoasiga Ferran Torres o'rniga chaqirildi.
Kecha u U-21 safida ajoyib o'yin ko'rsatdi. «Madrid»da u tegingan har bir narsa oltinga aylanmoqda.
Karlos Espi "Real Madrid"ga o'tishi, transfer jarayoni va jamoaga moslashuvi haqida gapirib berdi.
"Qirollik klubi" forvardining klub matbuot xizmatiga bergan intervyusi
"Real Madrid"ga o'tish — g'urur uchun katta sabab. O'z oilam va o'zim uchun juda baxtliman. "Madrid" uchun bor kuchimni beraman. Klub muzeyida Chempionlar ligasining 15 ta sovrinini ko'rish — hayratlanarli tuyg'u!
"Madrid"da har bir detallga e'tibor qaratishadi va bu aqlbovar qilmas holat! "Madrid" — dunyoning eng yaxshi futbol klubi. Infratuzilma obyektlari, "Santyago Bernabeu"... "Madrid"ga o'tganimdan so'ng "Bernabeu"ga borganimda hayratlanarli hislarni tuygandim. Aytishim mumkinki, o'sha kuni deyarli hamma narsa ajoyib edi.
O'ylashimcha, o'sha tun deyarli uxlamadim, chunki taqdimotim oldidan ertalab juda hayajonlangan holda uyg'ondim. Barchaning men uchun xursand bo'layotganini va bu lahzani men bilan birga nishonlayotganini ko'rish juda yoqimli edi.
"Madrid" mening transferimni 4 kunda hal qildi. Bizga muzokaralarni sir tutishni aytishgandi. Buvim va do'stlarim "Madrid"ga o'tayotganimdan bexabar edilar. Hech kim hech narsa bilmasdi, chunki men hech narsa deya olmasdim.
Hatto Madridga yetib kelganimda ham hech kim hech narsa bilmasdi. Ispaniya poytaxtiga payshanba kuni keldim. Tasavvur qiling, kelishuv haqidagi xabarlar OAVda chiqa boshlagach, do'stlarim va oilam mendan qayerga ketayotganimni so'rashni boshlashdi.
"Espanyol"ga qarshi o'yindagi golimni butun jamoa bilan nishonlashimiz? Bu ham men, ham boshqa futbolchilar uchun juda chiroyli lahza bo'ldi. Barchamiz burchak bayrog'i yonida golni nishonladik. Barchaning yonimda ekanligini va men uchun xursandligini ko'rish — ulkan quvonch!
So'nggi kunlar men uchun aqlbovar qilmas darajada o'tdi. Ammo "Bernabeu"da bo'lgan bo'lsam-da, bu stadionni yana yaqindan ko'rishni istayman. "Bernabeu" maysasini oyoqlarim bilan his qilish uchun katta xohish tuyyapman.
"Madrid" muxlislariga yo'llamoqchi bo'lgan xabarim? Bu yerda ekanligimdan juda baxtliman, shuningdek, debyutim va g'alaba keltirgan birinchi golimdan xursandman. Barchangizni "Bernabeu"da "Sosyedad"ga qarshi o'yinda ko'rishga umid qilaman.
Xoselu bilan solishtirishlarmi? U ajoyib o'yinchi. Xoseluning ijtimoiy tarmoqlarga men bilan sun'iy intellekt yordamida yaratilgan qo'shma suratni joylashi, Kurtua esa meni "Xoselu-kichik" deb atashi juda qiziq.
Joze Mourinyu "Espanyol"ga qarshi o'yin, Vinisiusga nisbatan tazyiqlar, Bellingemning pozitsiyasi va yangi futbolchi Karlos Espi haqida fikr bildirdi.
🎙 Joze Mourinyu:
O'yin haqida:
O'ylaymanki, g'alabaga loyiq edik, garchi "Espanyol" mag'lubiyatga loyiq bo'lmasa-da. Ikkinchi bo'limda juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. "Espanyol" juda tartibli o'ynadi. Ularning tarkibida jahon chempionatida qatnashgan futbolchilar yo'q edi va bu ularning jismoniy holatida yaqqol sezildi. Biz bu borada hali ko'p ishlashimiz kerak.
Zaxiradan maydonga tushganlar haqida:
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar har doim jamoaga g'alaba qozonishda yordam bera oladi. Bu uch ochko biz uchun juda muhim.
Vinisius haqida:
U avliyo emas, lekin unga nisbatan qilinayotgan ishlar – bu juda oshib ketdi. Uni doimiy ravishda tepishadi va bu holat g'azabni keltirib chiqaradi. Vinisius doimo hissiy nazoratni saqlab qolishga majbur. Bu haqiqiy tazyiq.
"Real Madrid" tarkibi haqida:
Ixtiyorimizda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan ba'zilari bor.
Bellingem haqida:
Uning joyi – jarima maydonchasiga yaqinroq. U gol urishni biladi, agar uni oltinchi yoki sakkizinchi raqam sifatida ishlatsak, uning to'purarlik qobiliyatini yo'qotamiz. U yuqori saviyadagi futbolchi.
Karlos Espi haqida:
Biz Valdebebasda deyarli birga yashaymiz (kuladi). U juda quvnoq yigit. Biz Kukurelya bilan birga nonushta qilamiz. Bizga Karlos Espi juda yoqadi. Bu aynan bizga kerak bo'lgan futbolchi.
Espi taqdimoti haqida:
Karlos Espining taqdimoti ertaga bo'lib o'tadi.
Hakamlik haqida:
Hakam o'yinni a'lo darajada boshqardi deb hisoblayman. Buni g'alaba qozonganimiz uchun emas, balki haqiqatan ham shunday bo'lgani uchun aytyapman. U ajoyib ishladi.
Karlos Espining o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli o'yini va "Real Madrid" safidagi g'alaba goli haqida.
Karlos Espining o'tgan mavsumdagi ajoyib tarixi: 🔥
"Levante" quyi ligaga tushib ketish arafasida edi, ammo Espi jamoaning asosiy qahramonlaridan biriga aylanib, ularni saqlab qolishga yordam berdi.
U 25 ta o'yinda 11 ta gol urdi, La Liganing eng yaxshi o'yinchisi deb topildi va 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida eng yaxshisi uchun beriladigan sovrinni qo'lga kiritdi.
Bugun esa Espi "Real Madrid" safida g'alaba golini urdi 💪
The Athletic xabariga ko'ra, Karlos Espi Angliya klublari qiziqishiga qaramay, "Real Madrid" taklifini qabul qildi.
The Athletic xabariga ko'ra, Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari Karlos Espiga qiziqish bildirgan edi. Biroq futbolchi "Real Madrid"dan taklif tushgach, darhol madridliklar foydasiga qaror qildi.
Karlos Espi o'tgan o'yin va jamoadoshlarining yordami haqida gapirdi.
Karlos Espi o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
Bu o'yinda o'zimni yaxshiroq va erkinroq his qildim. Jamoadoshlarim menga juda katta yordam berishdi — Arda, Fede o'z goli bilan va butun jamoa. Men juda baxtliman.