🗣️ Karlos Espi o'yindan so'ng:
⚪G'alaba goli va kambek haqida:
Bu men har doim orzu qilgan kun. Men aynan shu yerda, "Santyago Bernabeu"da, muxlislarimiz qarshisida gol urishni juda istagandim. Men nihoyatda baxtliman.
⚪O'z ismini hayqirgan muxlislar haqida:
Hozir ham etim junjikib ketmoqda. Men his qilayotgan muhabbat va qo'llab-quvvatlashni so'z bilan ta'riflash qiyin. Men faqat "Real" uchun bor kuchimni berishda davom etishga va'da bera olaman.
⚪Hal qiluvchi gollari haqida:
Men murabbiyning talablarini bajarishga va jamoaga yordam berish uchun maydondagi har bir daqiqadan maksimal darajada foydalanishga harakat qilaman.
⚪Jamoaviy o'yin haqida:
Bizning asosiy maqsadimiz — birgalikda harakat qilish. Jamoada 23–24 nafar futbolchi bor va barchasi bir yo'nalishda harakatlanmoqda. Bugun maydonga tushgan har bir futbolchi g'alabaga to'liq diqqatini qaratdi.
⚪Ketma-ket to'qqizinchi g'alaba haqida:
Bu g'alaba bizga katta energiya beradi. O'yin oson kechmadi, ammo biz maqsadimizga erishdik. Biz to'xtab qolmoqchi emasmiz. Seshanba kuni bizni "Bernabeu"da Chempionlar ligasining muhim o'yini kutib turibdi.
⚪"Santyago Bernabeu"dagi muhit haqida:
Muxlislarimiz ajoyib. Ular bizni birinchi daqiqadan boshlab qo'llab-quvvatlashdi va uchrashuv borishini o'zgartirishimizga yordam berishdi. "Bernabeu" mag'lub etib bo'lmas qal'aga aylanishi kerak. Biz bu yerda ochko yo'qotmasligimiz lozim.
⚪Chempionlar ligasidagi bo'lajak o'yin haqida:
Hozir barcha fikr-u xayolimiz seshanba kungi o'yinda. Tayyorgarlik ko'rish uchun ikki kunimiz bor va biz o'yinga maksimal motivatsiya bilan yondashamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!