Mutaxassislar Mourinoning "Real Madrid"dagi ishiga yuqori baho berishmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Mutaxassislar Mourinoning "Real Madrid"dagi ishiga yuqori baho berishmoqda

📻 Palomar (Cope jurnalisti): "Men rostini aytsam, Mourino qo'l ostida "Madrid" to'psiz juda intensiv harakat qiladigan jamoaga aylanishini kutmagandim. Ammo portugaliyalik mutaxassis jamoani pressing intensivligi bo'yicha "Bavariya" va "PSJ" darajasiga olib chiqmoqda".

📻 Ortego (Onda Cero jurnalisti): "Hozirda "Real Madrid" yagona jamoa bo'lib o'ynamoqda. Har bir futbolchi maydonda nima qilishi kerakligini juda yaxshi biladi".

M. Torres ("Madrid" sobiq himoyachisi va Onda Cero eksperti): "Madrid" 2022-yildan buyon ilk bor ketma-ket sakkizta o'yinda g'alaba qozondi. Mourino bajarayotgan ishga munosib baho berish kerak".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!