Karlos Espi «Valensiya»ga o'tishi mumkin edi
Diario AS xabariga ko'ra, Karlos Espi «Alzira»da o'ynagan vaqtida «Valensiya»ga o'tishi mumkin edi, ammo yakunda «Levante» futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.
👀 Diario AS xabariga ko'ra, Karlos Espi «Alzira» yoshlar jamoalarida to'p tepib yurgan kezlarida «Valensiya»ga o'tishga yaqin turgandi. Biroq skautlarning tavsiyalariga qaramay, klub bitimni yakuniga yetkazmagan.
«Alzira»dagi uch yil davomida Espi yoshlar futbolining turli darajalarida 37 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Uning muvaffaqiyatlari «Levante» e'tiborini tortdi va «Valensiya» yana bir bor imkoniyatdan foydalanmagach, klub futbolchi bilan shartnoma imzoladi.