Xoselu: "Mourinyoning "Real Madrid"ga qaytishi? Joze — juda kuchli xarakterga va aniq g‘oyalarga ega murabbiy.
O‘ylashimcha, hozir jamoaga o‘zgarishlar kerak. "Madrid"ga mutloq intizom, ayniqsa kiyinish xonasi ichida tartib zarur, Mourinyo esa insonlarni o‘z joyiga qo‘yib qo‘ya oladigan mutaxassisdir.
Mening "Madrid"dan ketganimmi? Bu qaror qolgan butun umrim davomida menga og‘irlik qiladi. Men "Madrid"da boshdan kechirganlarimni endi hech qachon qayta his qila olmayman"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!