Mourinyu «Real» transfer siyosatiga qanday ta'sir o'tkazgan?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 17

Mourinyu «Real» transfer siyosatiga qanday ta'sir o'tkazgan?

The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Mourinyu «Madrid» transfer siyosatida avvalgi murabbiylarga qaraganda faolroq ishtirok etgan. Xususan, aynan portugaliyalik mutaxassis o'tgan yozda «qaymoqranglilar» kuchaytirishi kerak bo'lgan pozitsiyalarni belgilab bergan: o'ng qanot himoyachisi, markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi va markaziy yarim himoyachi. Uning talablarining aksariyati bajarilgan.

Mourinyu Bernardu transferidan so'ng «Real Madrid» yana bir kreativ yarim himoyachi sotib olishini istagan. Mutaxassis uchun ustuvor nomzod E. Fernandes bo'lgan, biroq klub rahbariyati Rodrini xarid qilishni afzal ko'rgan.

Ispaniya terma jamoasi sardori Madrid yarim himoyasidagi yetishmayotgan bo'g'in bo'lishi mumkin edi. Biroq u «Barselona»ga o'tishga qaror qildi.

Cadena SER ma'lumotiga ko'ra, «Real Madrid» Rodri transferi amalga oshgan taqdirda Tchuameni sotuvga qo'ygan bo'lardi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!