Dani Karvaxal: "Madrid bilan xayrlashish oson bo'lmadi"
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 10

Dani Karvaxal: "Madrid bilan xayrlashish oson bo'lmadi"

Karvaxal: "Mening hayotim doimo Madrid bilan bog'liq bo'ladi"

"Qirollik klubi"ning sobiq sardori bilan intervyudan parchalar

"O'tgan mavsum so'ngida mashg'ulotlardagi mehnatim va avvalgi o'yinlarimga qaraganda kamroq amaliyot olayotganimni tushunib yetdim.
O'shanda Madrid rahbariyati bilan hamkorlikni to'xtatishga qaror qildik. Mavsumning so'nggi oylarida kelajagim borasida ikkilandim. O'zimni ko'rsatib, ko'proq o'yin vaqti olishni istardim, ammo jamoadagi vaqtim o'z nihoyasiga yetganini angladim.
O'tgan mavsum faoliyatimdagi eng qiyini bo'ldi. Barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lmay, shartnomang iyun oyida tugab, JChda qatnashish esa asta-sekin amalga oshmas orzuga aylanayotganini tushunish... Ammo tunlari xotirjam uxladim, chunki bilardim: Madridga qo'limdan kelgan barcha narsani berdim.
O'tgan mavsumning so'nggi ikki o'yinida maydonga tushdim — Sevilya va Atletikga qarshi, qolaversa, ikkinchisi men uchun xayrlashuv o'yini bo'ldi. O'zimni yaxshi his qilgandim.
Shu bois beixtiyor o'ylaysan: agar bundan ikki oy oldinroq bir oz ko'proq amaliyot olganimda nima bo'lardi? Meni hanuzgacha savol qiynaydi: Madridda yana bir mavsum munosib darajada o'ynay olarmidim yoki yo'q".
"Nega Xetafega o'tdim? Boshqa klublardan takliflar ko'p edi, lekin Madridda qolishni xohladim. Hozir men uchun farzandlarimning barqarorligi birinchi o'rinda.
Faoliyatimni yakunlamoqchiman degan damlarim ham bo'lgan, ammo rafiqam buni jiddiy emasligimni tushunardi. Ma'nan futbolni tark etishga hali tayyor emasdim. Yaqinlarim menga shunday deyishardi: "Senga hech kimga hech narsani isbotlashning keragi yo'q, shunchaki yuraging aytganini qil". Yakunda Xetafe safiga qo'shilishga qaror qildim".
"Murabbiylik kelajagim? Hayotim doimo Madrid bilan bog'liq bo'ladi. Murabbiylik litsenziyasini olaman, keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz.
Faoliyatim davomida kimga ko'proq qoyil qolganman? Anchelotti faoliyatimdagi eng muhim murabbiy bo'lgan, Modrichdan esa boshqa har qanday futbolchiga qaraganda ko'proq narsa o'rgandim. Uning mahorati va kamtarligi meni hayratga solardi".
"Ispaniya terma jamoasining JCh-2026dagi g'alabasi? Jamoaning birorta o'yinini o'tkazib yubormadim. Finalda g'alaba qozonganimizda xursand bo'ldim, biroq shu bilan birga ko'z yosh ham to'kdim, axir men ham u yerda bo'lishim mumkin edi... Klub darajasida, Yevroda hamma narsani yutdim... ammo menga JCh kubogi yetishmaydi. Har kim jahon chempioni bo'lishni istaydi".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!