Malaga - Real Madrid uchrashuvini Xuan Martines Munuera boshqarib boradi
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Umumiy 👁 25

Malaga - Real Madrid uchrashuvini Xuan Martines Munuera boshqarib boradi

😗 Xuan Martines Munuera — Malaga qarshi o'yin hakami.

Jamoamizning Xuan Martines bilan o'tkazgan o'yinlari statistikasi:

⚪️ Jami o'yinlar – 45;
⚪️ Real g'alabalari – 29;
⚪️ Duranglar – 9;
⚪️ Real mag'lubiyatlari – 7;
⚪️ Real o'yinchilarining chetlatilishi – 1 (Xesus Valyexo);
⚪️ Raqib o'yinchilarining chetlatilishi – 3;
⚪️ Real o'yinchilariga sariq kartochkalar – 92;
⚪️ Raqib o'yinchilariga sariq kartochkalar – 114;
⚪️ Darvozamizga belgilangan penaltilar – 4;
⚪️ Raqib darvozasiga belgilangan penaltilar – 12.

• Xuan Martines Munuera hech bir jamoaga Madrid klubiga qaraganda ko'proq penalti belgilamagan (12 ta). Biroq, bu Munuera o'z faoliyatida aynan Qirollik klubi o'yinlarini eng ko'p boshqargani bilan ham bog'liq.

• Munuera Martines 13 mavsumdan buyon ketma-ket Real o'yinlarida hakamlik qilib kelmoqda.

• 2024-yil 16-mart kuni Osasuna bilan o'yinda tribunalar Vinisiusga nisbatan haqoratli so'zlar aytishdi. Karvaxal va boshqa o'yinchilar bu haqda hakam Xuan Martinesga ishora qilishdi, ammo u murojaatlarni e'tiborsiz qoldirdi va ma'lumotlarni protokolga kiritmadi.

• 2024-yil dekabr oyida Rayo Valyekano qarshi o'yinda Munuera Vinisiusga nisbatan aniq penaltini belgilamadi (75-daqiqada Muminning foli). Videotakrorlar qoidabuzarlikni tasdiqladi, biroq VAR ham vaziyatga aralashmadi.

🐘 Baholash – 7/10.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!