🚨 Xitoyda Mbappe ommaviy ravishda boykot qilinmoqda. Bunga futbolchining diktator haqidagi so'zlari sabab bo'ldi.
Mengniu, Dongpeng va Buchongla brendlari fransiyalik futbolchi bilan hamkorlikni to'xtatganini e'lon qildi. Milkground va On Running kabi boshqa brendlar esa Mbappe ishtirokidagi barcha kontentlarni yashirib qo'ydi.
Bularning barchasi hazil tariqasidagi videodan boshlandi. Mbappe o'zining sevimli memi sifatida boshi «xitoylik diktator» Mao Szedun o'rniga qo'yilgan suratni tilga olgan. Uning «diktator» haqidagi so'zlari xitoy xalqi uchun haqorat deb qabul qilindi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!