Samuel Umtiti: Mbappe'ning xatti-harakatlari jamoadoshlarini g'ashiga tegishi mumkin
Samuel Umtiti Lionel Messi va Kilian Mbappe o'rtasidagi farq haqida gapirdi. U Mbappe'ning o'zini tutishi jamoadoshlariga yoqmasligi mumkinligini ta'kidladi.
Samuel Umtiti:
Barcelona'da bo'lgan davrimda Lionel Messi bilan birga o'ynaganman. U o'zining eng yaxshisi ekanini bilardi. Ammo hech qachon "Oltin to'p" haqida bunday bayonotlar bermasdi, bu shunchaki imkonsiz edi.
Kilian esa tabiatan shunaqa va bu uning jamoadoshlarining g'ashiga tegishi mumkin. Shaxsan men uchun buni qabul qilish biroz qiyin.