Kilian Mbappe haqida ekspertlarning fikrlari
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 15

Kilian Mbappe haqida ekspertlarning fikrlari

📻 A. Romero (Cadena SER jurnalisti):

Mbappening kechagi so'zlari? Uning gollari "Madrid"ga hech qanday sovrin yutishda yordam bermadi. Yo Mbappening o'zi "Real Madrid" nimaligini tushunmayapti, yo bo'lmasa jamoa uchun o'z ahamiyatini so'zlar bilan isbotlamoqchi.

Gerrero ("Atletik" sobiq futbolchisi va Onda Cero eksperti):

Ronaldu "Madrid" bilan ko'plab sovrinlar yutgan. Mbappe esa hozircha bunga erisha olgani yo'q.

Umtiti ("Barselona" sobiq himoyachisi):

Mbappe — o'ziga ishongan inson. Ammo u kim "Oltin to'p"ga loyiqligi haqida mulohaza yuritmasligi kerak. Kilian maydonda bo'layotgan voqealarga e'tibor qaratishi lozim.

Odamlar "Oltin to'p"ga haddan tashqari ko'p e'tibor qaratib, jamoaviy sovrinlarni unutib qo'yishmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!