Serxio Ramos «Xetafe»ga o'tishi mumkin
«Xetafe» prezidenti A. Torres Serxio Ramosning klubga o'tishi mumkinligini tasdiqladi. 40 yoshli himoyachi hozirda erkin agent hisoblanadi.
A. Torres («Xetafe» prezidenti): «Ramosning «Xetafe»ga o'tishi mumkinligi haqida? Uning agenti men bilan allaqachon gaplashdi. Ramos bizning potensial transferlar ro'yxatimizda, shuning uchun uning o'tishi juda real voqelik».
Eslatib o'tamiz, 40 yoshli himoyachi 2025-yilning oxiridan buyon erkin agent maqomida bo'lib turibdi.