Julian Raykxoff kelasi mavsumni "Andorra" safida ijarada o'tkazadi. "Ayaks" hujumchisi Ispaniya ikkinchi divizionida to'p suradi.
Julian Raykxoff kelasi mavsumni "Andorra" safida ijarada o'tkazadi. Ushbu klub sobiq "Barselona" himoyachisi Jerar Pike egalik qiladigan jamoalardan biri hisoblanadi.
"Ayaks"ning 21 yoshli hujumchisi Ispaniya ikkinchi divizionida to'p suradigan klubga vaqtincha ko'chib o'tadi. Ushbu kelishuvdan oldin texnik direktor Jordi Kroyff futbolchining "Ayaks" bilan amaldagi shartnomasini bir yilga, ya'ni 2028-yilning yoziga qadar uzaytiradi.
Jerar Pike «Real Madrid» muxlislarining hakamlar haqidagi shikoyatlariga munosabat bildirdi va «Barselona»ning o'yin uslubi haqida gapirdi.
Jerar Pike:
«Siz, «Real Madrid» muxlislari, doim hakamlar haqida gapirasiz. Hakamlik xatolari ko'p, ammo tarixan ular doim «Real Madrid» foydasiga bo'lgan. Meni Chempionlar ligasi finallarida hisobga olinmasligi kerak bo'lgan gollar, masalan, Serxio Ramosning goli haqida eslatishga majbur qilmang. «Barselona»ning g'alaba qozonish uchun faqat bitta yo'li bor — yaxshi o'ynash. Aynan shuning uchun biz haqimizda ko'p gapirishadi: biz ajoyib futbol ko'rsatib, ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritganmiz».