#FC Andorra — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Gilye Fernandes ijaraga berilishi mumkin

Gilye Fernandes ijaraga berilishi mumkin

«Andorra» va «Sabadell» «Barselona» futbolchisi Gilye Fernandesni ijaraga olmoqchi. «Barsa» hozircha yakuniy qarorga kelgani yo'q.

Jaume Marse xabariga ko'ra: «Andorra» va «Sabadell» «Barselona» bilan bog'lanib, Gilye Fernandesni joriy mavsum uchun ijaraga olish imkoniyatini o'rganib chiqishdi.

Har ikki klub Gilye Segundada asosiy tarkib o'yinchisiga aylanish uchun ideal nomzod deb hisoblaydi.

Ayni damda ijara variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Oldinda deyarli bir oy vaqt bor, shu bois «Barsa» yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Murabbiylar shtabi o'yinchining rivojlanishini kuzatib boradi va har qanday transferga ruxsat berishdan oldin jamoa ehtiyojlarini baholaydi.
Julian Raykxoff "Andorra"ga ijaraga o'tadi
Eredivisie ↗ Transfer

Julian Raykxoff "Andorra"ga ijaraga o'tadi

Julian Raykxoff kelasi mavsumni "Andorra" safida ijarada o'tkazadi. "Ayaks" hujumchisi Ispaniya ikkinchi divizionida to'p suradi.

Julian Raykxoff kelasi mavsumni "Andorra" safida ijarada o'tkazadi. Ushbu klub sobiq "Barselona" himoyachisi Jerar Pike egalik qiladigan jamoalardan biri hisoblanadi.

"Ayaks"ning 21 yoshli hujumchisi Ispaniya ikkinchi divizionida to'p suradigan klubga vaqtincha ko'chib o'tadi. Ushbu kelishuvdan oldin texnik direktor Jordi Kroyff futbolchining "Ayaks" bilan amaldagi shartnomasini bir yilga, ya'ni 2028-yilning yoziga qadar uzaytiradi.

O'ng ustun yangiliklari