Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Udinese — yangiliklari

Udinese va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi

Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi

Matteo Palma Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi. Himoyachi Germaniya, Avstriya va Kamerun variantlaridan voz kechdi.

Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi.

Himoyachi yakunda «Adzurra» foydasiga tanlov qildi. Dastlab Roberto Manchini uni Millatlar ligasi o'yinlari uchun qaydnomaga kiritmagan edi, biroq Janluka Manchini jarohat olganidan so'ng, aynan Palma o'rnini to'ldirish uchun birinchi nomzodga aylandi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi Germaniya, Avstriya va Kamerun terma jamoalarida ham o'ynashi mumkin edi.

Udinese prezidenti Jampaolo Potstso kasalxonaga yotqizildi

Udinese prezidenti Jampaolo Potstso kasalxonaga yotqizildi

Udinese klubi prezidenti Jampaolo Potstso pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Uning ahvoli barqaror.

Jampaolo Potstso pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

"Udinese" matbuot xizmati xabar berishicha, klub prezidenti Jampaolo Potstso hozirda Udine shahridagi shifoxonada bo'lib, u yerga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida.

Potstso oilasi vaziyat ijobiy yakunlanishiga ishonch bildirgan holda, g'amxo'rlik, qo'llab-quvvatlash va e'tibor ko'rsatayotgan barchaga minnatdorchilik bildiradi.

Biz ham qo'llab-quvvatlash so'zlariga qo'shilamiz va Paronga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz!

Kristian Pulishich «Udineze»ga qarshi o'yindagi goli va «Oltin to'p» favoriti haqida gapirdi

Kristian Pulishich «Udineze»ga qarshi o'yindagi goli va «Oltin to'p» favoriti haqida gapirdi

Kristian Pulishich «Udineze»ga qarshi o'yindagi goli, «Milan»ning o'yin uslubi va «Oltin to'p» uchun o'z favoritini ma'lum qildi.

Kristian Pulishich «Udineze» darvozasiga kiritgan golini nima uchun darhol nishonlamaganini tushuntirdi!

Amerikalik futbolchi ofsayddan xavotir olganini tan oldi: o'tgan hafta uning goli ofsayd tufayli bekor qilingandi. Bu safar esa hammasi joyida edi — Luka Modrichning uzatmasini ajoyib qabul qilib oldi va aniq zarba yo'lladi.

👕 Gol urganidan keyin futbolka kimga nasib etdi? Onasiga!

Pulishich, shuningdek, «Milan» birinchi daqiqalardan boshlab yuqori intensivlikda o'ynashi kerakligini ta'kidladi, yetakchilikni esa maydonda isbotlashni ma'qul ko'radi.

Oldinda «Bolonya», undan keyin esa «Inter» bilan derbi kutib turibdi. «Oltin to'p» uchun favorit haqidagi savolga esa Kristian bitta nom bilan javob berdi: Mbappe. 👀

Pulishichning tanlovi bilan rozimisiz? 🏆