Hakan Chalxanog'lu va «Yuventus» o'rtasidagi bog'liqlik haqida
Fabrisio Romano Hakan Chalxanog'luning «Yuventus» bilan aloqalari hamda «Inter»dagi kelajagi haqida ma'lumot berdi.
Hakan Chalxanog'lu va «Yuventus» masalasiga kelsak, shuni ayta olamanki: o'tgan yili aynan shu vaqtda, yanvar-fevral oylarida «Yuventus» bilan aloqalar bo'lgan va ular Chalxanog'lu atrofidagi vaziyatni tushunishga urinishgan. «Inter» va Chalxanog'lu o'shanda hamkorlikni davom ettirishga qaror qilishgan: men 100% tasdiqlaymanki, «Yuventus» qo'ng'iroq qilgan, ammo na «Inter»ga, na o'yinchiga taklif bilan chiqmagan. Yozda esa haqiqiy tahdid «Fenerbaxche» tomonidan bo'lgan. Chalxanog'lu kabi o'yinchi har doim qiziqish uyg'otishi mumkin, ayniqsa erkin agent sifatida. Shuningdek, «Yuventus»ga markazda yetakchi, kalit o'yinchi yetishmayotgani sababli ham.
Biroq bitta muhim «lekin» bor: Chalxanog'lu, hozircha, «Inter»ni ustun ko'rmoqda. Klub o'yinchi va uning agentlariga ko'proq bonuslar va biroz kamroq maosh nazarda tutilgan formula bo'yicha shartnomani uzaytirishni muhokama qilishga va'da berdi. Chalxanog'lu «Inter» haqida o'ylamoqda va klub rahbariyati muzokaralar stoliga o'tirib, yechim topishga harakat qilishga va'da bergan.
Fabrisio Romano