Kristian Kivu: «Karlos Augusto ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, bu bir kunlik ish emas. U jismoniy kuch va energiya kabi muhim sifatlarga ega. Uning ham o'ng, ham chap oyog'i bilan zarbasi tahsinga loyiq. Biz uni tarkibimizda borligidan xursandmiz, u o'zining kuchli tomonlarini yaxshi tushunadigan futbolchi.
Pio Espozito — juda saxiy futbolchi, xudbinlik uning lug'atida yo'q. Bugun u to'pni yo'qotgan vaziyatlardagi ruhiy tayyorgarligi bilan meni hayratda qoldirdi. U jamoa uchun ishlaydi va jamoa uni muhim o'yinchi sifatida e'tirof etadi.
Chalxanog'lu? Hammasi joyida. Juda muvaffaqiyatli o'tgan haftadan so'ng biz unga bir soatlik o'yin vaqti berdik. Uni maydonga tushirish, o'ziga bo'lgan ishonchini va jismoniy holatini tiklashga yordam berish uchun ayni muddao edi. Biz bunday qarorlarni qabul qilishga majburmiz, ammo uning munosabati va jamoadoshlarining unga bo'lgan munosabatidan mamnunmiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!