#Pio Espozito — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Sebastiano va Pio Esposito Italiya terma jamoasi tarixidagi to'rtinchi aka-uka juftligiga aylandi

Sebastiano va Pio Esposito Italiya terma jamoasi tarixidagi to'rtinchi aka-uka juftligiga aylandi

Sebastiano va Pio Esposito Italiya terma jamoasi tarixida birga maydonga tushgan to'rtinchi aka-uka juftligi bo'ldi.

Sebastiano va Pio Esposito Italiya terma jamoasi safida birga maydonga tushgan tarixidagi to'rtinchi aka-uka juftligi bo'ldi. Bungacha bunday natija Inzagi (2000-yil), Chevenini (1915-yil) va Milano (1912-1913-yillar) aka-ukalari tomonidan qayd etilgan.

[Opta]

Pio Espozito uchun "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kurash olib bormoqda

Pio Espozito uchun "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kurash olib bormoqda

Pio Espozito uchun "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kurash olib bormoqda. "Inter" futbolchi uchun 85 million yevro talab qilmoqda.

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari Pio Espozito o'yinini kuzatish uchun Pertga o'z skautlarini yuborishdi.

"Inter" jamoasi o'zining iqtidorli futbolchisini Angliya klublaridan himoya qilish maqsadida Pio Espozito sotilmasligini ochiqchasiga ma'lum qildi.

Biroq, The Sun xabariga ko'ra, "Inter" vositachilar orqali hujumchini taxminan 85 million yevro atrofida baholagan.

Pio Espozito «Spetsiya» bilan shartnomasini uzaytiradi

Pio Espozito «Spetsiya» bilan shartnomasini uzaytiradi

Nicolo Schira xabariga ko'ra, Pio Espozito «Spetsiya» bilan shartnomasini 2031-yilga qadar uzaytiradi va maoshi oshiriladi.

Nicolo Schira xabariga ko'ra, kelasi hafta klub rahbariyati Pio Espozito vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi. Tomonlar shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishishni maqsad qilgan.

Yosh hujumchining maoshi ham sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Kristian Vyeri: Pio Espozito – Luka Tonining kloni

Kristian Vyeri: Pio Espozito – Luka Tonining kloni

Kristian Vyeri Pio Espozitoning salohiyatiga yuqori baho berdi va uni Luka Toniga qiyosladi.

Kristian Vyeri: «Bugun men Pio Espozitoda Luka Tonini ko'ryapman, unga vaqt bering, o'zingiz guvohi bo'lasiz. Yo'q, u yangi Vyeri emas, Pio Tonining kloniga aylanadi. Unga bir-ikki yil vaqt bering, u mavsumiga 25–30 ta gol uradi. Hozir u Lautaro va Tyuram bilan maktab o'tamoqda, keyin esa birinchi raqamli futbolchiga aylanadi».

Pio Espozito va "Inter" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda

Pio Espozito va "Inter" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda

Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, "Inter" va Pio Espozito hamkorlikni davom ettirishni istamoqda, ammo muzokaralar hali yakuniga yetmagan.

Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, bugun klub ofisida "Inter" va Pio Espozitoning agenti o'rtasida navbatdagi oraliq uchrashuv bo'lib o'tdi. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor, ammo hozircha shoshilishmayapti. Kelishuvga erishish uchun yana bir bor uchrashish talab etiladi.

Pio Espozito «Inter» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Pio Espozito «Inter» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Bissekdan so'ng, Pio Espozito «Inter» bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Bissekdan so'ng, navbat Pio Espozito bilan shartnomani uzaytirishga keldi. Hujumchi 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma oladi, uning maoshi esa bonuslar bilan birga mavsumiga taxminan 3 million yevroni tashkil etadi.

Yaqin soatlar ichida yakuniy kelishuvga erishish uchun «Inter» bilan navbatdagi muzokaralar rejalashtirilgan.

Di Marzio xabariga ko'ra