Lele Adani «Inter» jamoasining A Seriyadagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Lele Adani: «Agar «Inter» o'z darajasida o'ynasa, A Seriyada ular bilan raqobatlashib bo'lmaydi. Bu boshqalardan yaqqol ustun turadigan mukammal jamoa».
Lele Adani "Inter"ning bugungi muvaffaqiyati va bosh murabbiyning faoliyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Lele Adani: "Siz bugun ko'rib turgan o'sha "Inter" aynan Ausilio mehnati tufayli shakllangan. Jamoa shunchalik nufuzli darajaga yetdiki, u xalqaro miqyosdagi yagona italyan klubiga aylandi.
Keyingisi esa murabbiyga bog'liq va u juda yaxshi mutaxassis: u hali 20 yoshidan, futbolchilik davridanoq bu darajaga mos edi. Yoshlar sektoridan keyin u "Parma" va "Inter"da ishlagan vaqtida biror marta ham xatoga yo'l qo'ymadi. "Inter" emblemasini yana taqib yurganidan beri u birorta ham xato qilmadi.
Lele Adani Kristian Kivu va Pio Espozito haqida fikr bildirdi. U Kivuning murabbiylik uslubi va uning Pio faoliyatidagi o'rni haqida gapirdi.
Lele Adani Kristian Kivu va Pio Espozito haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Kivu haqiqatan ham yaxshi ish qildi. U jiddiy, zehnli va juda mulohazali inson. Bu o'z-o'zidan bo'ladigan holat emasdi. Men Kristianning xizmatlarini tan olaman va u qilayotgan ishlardan xursandman. Fabregas va Gasperini singari, u ham an'anaviy italyan futboli tafakkuridan butunlay uzoqlashishga intilmoqda, odatiy italyan prinsiplari va qoliplariga amal qilmayapti. Ular aniq metodikalarga tayangan holda, o'yinga o'z qarashlarini olib kirishni istashadi. Kivu Pio Espozitoning faoliyatini o'zgartirdi. Ular o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik bor: Pioning «River Pleyt»ga qarshi o'yindagi golidan so'ng, murabbiy uni jamoada saqlab qoldi va qolishini talab qildi. Hozir Pio terma jamoada deyarli har o'yinda gol urmoqda, «Inter»da ham uning ishlari yaxshi ketmoqda.
Lele Adani «Inter» ustozi Kristian Kivu haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, murabbiyga qaratilgan tanqidlar haddan tashqari ko'p bo'lgan.
Lele Adani: «Kristian Kivu «Inter» muxlislarining ko'pchiligi tomonidan tanqid qilinishi keragidan ortiq edi. Shanba kunigacha «Inter» o'z tarixidagi eng yaxshi mavsum startini namoyish etayotgan edi.
Lekin shuni ham tan olish kerakki, jamoa o't bilan o'ynamoqda: turnir jadvalining yuqori qismidagi raqiblar g'alaba qozonishmoqda va ular ham o'z kuchlariga ishonishmoqda.
Kivu jamoaning g'oyalari va motivatsiyasini yangilash uchun kalit topishi kerak. Va u bu ishda yaxshi natija ko'rsata oladi».