Antonio Kassano: «Pressa va ko'pchilik muxlislar to'rt yil davomida Inzaghi'ni bema'ni darajada ko'klarga ko'tarishdi. Biz uchta skudettoni havoga sovurdik, bitta yoki ikkita emas. Kivu «Parma» boshqaruvida 15 ta o'yin o'tkazib keldi va Inzaghi kursidan bormoqda, ammo yangicha g'oyalar bilan. U skudetto va Italiya Kubogini yutdi. Agar katta falokat yuz bermasa, bu yil ham chempionlikni qo'lga kiritadi.
Men Kivu shaxsiga nisbatan bu ishonchsizlik qayerdan kelib chiqayotganini tushunmayapman. Inzaghi davrida biz ajoyib o'ynadik, lekin uchta skudettoni boy berdik. Kivu'ning «Inter»i yevropacha uslubda o'ynamoqda, u ajoyib ish bajarmoqda».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!