Zvonimir Boban Petar Suchichning "Inter"dagi o'yin vaqti haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zvonimir Boban: "Petar Suchichga ko'proq o'yin vaqti berilishi kerakmi? Shubhasiz, ha. Bu o'ziga xos iqtidorga ega, klass va jasorat ko'rsata oladigan futbolchi.
Agar ishlar shu tarzda davom etsa, uning "Inter"da qancha vaqt qolishini bilmayman, chunki men uni dunyodagi eng yaxshi mezzalardan biri deb hisoblayman".
«Inter» yarim himoyachisi Petar Suchich klubdagi faoliyati, o'z pozitsiyasi va jamoaning mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Petar Suchich «Inter»dagi faoliyati va jamoaning maqsadlari haqida gapirdi:
Men klubga, muxlislarga va ushbu jamiyatning bir qismi bo'lgan barcha insonlarga oshiq bo'ldim. Bu dunyodagi eng buyuk klublardan biri. Bu yerga kelmaguningizcha, uning qadrini tushunmaysiz. Men buni hayotimdagi eng to'g'ri qaror deb bilaman.
Murabbiyga hech narsa deyish shart emas deb o'ylayman, biz «Inter» sharafini himoya qilayotganimizni va har bir mavsum yangi sovrinlar yutish uchun imkoniyat ekanligini bilamiz. Biz doimo ko'proq narsani istaymiz. Qachonki bu ishtiyoqni yo'qotsam, futbol o'ynashni to'xtataman.
Men yarim himoyaning istalgan pozitsiyasida o'ynay olaman deb o'ylayman. Turli rollarni bajarish imkoniyati menga maydonga tushish uchun ko'proq imkoniyat beradi. Mister mendan hech qanday maxsus narsa so'ramadi. Agar ko'proq gol ura olsam, uraman. Agar golli uzatma bera olsam, buni qilaman. Ammo eng muhimi — mavsumni sovrinlar bilan yakunlash.
Skudettoni, Kubokni yutish va Chempionlar ligasida imkon qadar uzoqroqqa borish uchun bizga kuchli futbolchilar kerakligini bilamiz. Bizda ajoyib jamoa bor. Men shunchaki har kuni kechagidan ko'ra yaxshiroq bo'lishga harakat qilyapman.
«Lids» va «Nyukasl» Petar Suchichga qiziqish bildirmoqda, biroq «Inter» o'z futbolchisini sotish niyatida emas.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, «Lids» Petar Suchich transferi bo'yicha muzokaralarga kirishmoqchi.
22 yoshli markaziy yarim himoyachi o'tgan yozda Zagrebning «Dinamo» klubidan «Inter» safiga o'tgan edi. Xorvatiyalik futbolchi o'tgan mavsumda «neradzurrilar» safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yozgi transferlar oynasida Suchichga «Nyukasl» va «Lids» qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub xorvatiyalik xavbek uchun 30-34 million funt sterling to'lashga tayyor.
Biroq «Inter» rahbariyati futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va uni yozda qo'yib yubormoqchi emas.
Petar Suchich jamoaning o'yin boshlanishidagi muammolari va Kivu bilan bo'lgan suhbat haqida fikr bildirdi.
Petar Suchich: "Biz yana juda yomon boshladik va nima uchunligini bilmayman. Biz juda ko'p narsani boy beryapmiz, juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Va o'yinni juda kech boshlayapmiz. Biz kuchimizni boshidanoq ko'rsatishimiz kerak, nima uchun bunday bo'layotganini bilmayman, lekin buni tahlil qilishimiz lozim. Agar biz ikkinchi bo'limdagi kabi o'ynasak, biz eng yaxshisimiz. Ammo bu kuch bizda birinchi bo'limda ham bor va biz buni boshidanoq namoyish etishimiz kerak".
"Kivu maydonga tushishimdan oldin menga nima dedi? U menga hech qanday alohida gap aytmadi, shunchaki tez o'ynashni va jamoaga yordam berishni aytdi. Men har doim o'ynashdan baxtliman, maydonga tushishni intiqlik bilan kutgandim. Men har bir o'yinda bor kuchimni berishga va jamoaga yordam berishga harakat qilaman".
Petar Suchich oilaviy sabablarga ko'ra jamoaning Avstraliyadagi yig'inini tark etadi.
Daniele Mari xabariga ko'ra, Petar Suchich jamoaning Avstraliyadagi yig'inini tark etadi. Bunga futbolchining yaqin orada ota bo'lishi sabab qilib ko'rsatilmoqda 😊