#Mirvan Suvarso — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Komo adidas bilan hamkorlikni to'xtatishi mumkin

Komo adidas bilan hamkorlikni to'xtatishi mumkin

Komo 2026/27-yilgi mavsumdan so'ng adidas bilan hamkorlikni yakunlab, o'z brendi ostida kiyimlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Komo 2026/27-yilgi mavsumdan keyin adidas bilan shartnomani uzaytirmasligi kutilmoqda.

Sababi — iqtisodiy omillar. Hozirgi shartnoma deyarli barter asosida tuzilgan: adidas klubni ekipirovka bilan ta'minlaydi, ammo homiylik puli to'lamaydi.

Klub prezidenti Mirvan Suvarso Komo o'z ekipirovkasi va atributikalarini mustaqil ravishda ishlab chiqarish va tarqatishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

Qolaversa, klubning yangi biznes-loyihasi kelajakda butun dunyo bo'ylab boshqa klublar uchun ham forma va kiyim-kechaklar ishlab chiqarishni ko'zda tutadi.

O'ng ustun yangiliklari

Cesc Fabregas «Komo» rahbariyatiga har bir o'yin uchun reja taqdim etadi

Cesc Fabregas «Komo» rahbariyatiga har bir o'yin uchun reja taqdim etadi

«Komo» bosh murabbiyi Ses Fabregas har bir o'yindan oldin va keyin rahbariyatga batafsil hisobot va reja taqdim etishi ma'lum qilindi.

📌 Ses Fabregas «Komo» rahbariyatiga har bir o'yin uchun rejani boshlang'ich hushtak chalinishidan 24 soat oldin taqdim etishi shart.

✔️ Bu klubdagi barchaga jamoa qanday reja asosida rivojlanayotganini va futbolchilar oldiga qanday vazifalar qo'yilganini tushunish imkonini beradi.

🔼 O'yindan so'ng Fabregas yana bir hisobot yuboradi, unda dastlabki reja qanchalik amalga oshirilganini baholaydi. Shu bilan birga, tahliliy shtab har bir futbolchining o'sishini kuzatib boradi.

🌐 «Komo» prezidenti Mirvan Suvarso klub uchun nafaqat natija, balki jamoa unga qanday yo'l bilan erishayotgani ham muhimligini ta'kidladi.