#Sesk Fabregas — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Tyerri Anri: A Seriya A yana Premer-ligaga o'xshab bormoqda

Tyerri Anri: A Seriya A yana Premer-ligaga o'xshab bormoqda

Tyerri Anri Seriya A darajasi oshganini va chempionlik poygasi yanada qiziqarli tus olganini ta'kidladi.

Tyerri Anri: Seriya A yana Premer-ligaga o'xshab bormoqda

Premer-liga bo'shashishga imkon bermaydi. Hozir Seriya A ham xuddi shunday his qilinmoqda.

Fransiyalik mutaxassis quyidagilarni ajratib ko'rsatdi:

Inter
Milan
Napoli
Yuventus
Roma
va barchani hayratda qoldirayotgan Komo

Anri ayniqsa Sesk Fabregas jamoasidan hayratda:

Yaqindagina odamlar Komoni Seriya Bda tomosha qilishardi. Endi hech kim ularga qarshi g'alabani oddiy hol deb hisoblamaydi.

Anrining fikricha, endi Seriya A'da har hafta chempionlik poygasini o'zgartira oladigan 2–3 ta o'yin bo'lmoqda.

Entoni Gordon La Ligada tarixiy natijani takrorladi

Entoni Gordon La Ligada tarixiy natijani takrorladi

Entoni Gordon joriy mavsum La Liganing dastlabki 4 ta o'yinida 4 ta golli uzatma amalga oshirib, Sesk Fabregas va Luis Suaresning natijasini takrorladi.

⚡️ Opta xabariga ko'ra, Entoni Gordon joriy mavsum La Liganing dastlabki to'rtta o'yinida to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

XXI asrda bunga qadar faqat ikki futbolchi — Sesk Fabregas va Luis Suares shunday natijaga erishgan, ular o'sha vaqtda «Barselona» sharafini himoya qilishgan.

Gordon ushbu natijani takrorlagan uchinchi futbolchiga aylandi.

Daniele De Rossi: "Komo" bizdan kuchliroq ekanini tan olish kerak

Daniele De Rossi: "Komo" bizdan kuchliroq ekanini tan olish kerak

Daniele De Rossi "Komo"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng raqibning kuchini tan oldi va o'z jamoasiga ishonch bildirdi.

Daniele De Rossi "Jenoa"ning "Komo"dan 1:4 hisobida uchralgan yirik mag'lubiyatidan so'ng keskin fikrlar bildirdi.

"Rossoblu" ustozi Seska Fabregas jamoasining ustunligini ochiq tan oldi va ularni o'zi "Jenoa"ga kelganidan beri duch kelgan eng kuchli raqib deb atadi.

Biz yaxshi boshladik, ammo bunday jamoaga qarshi to'qson daqiqa davomida benuqson harakat qilish kerak. Hatto hisobda oldinga ham chiqib oldik, bu eng muhimi edi. "Komo" juda kuchli jamoa; chamasi, aynan ular men "Jenoa"ni boshqarganimdan beri "Ferraris" stadionida menga eng katta taassurot qoldirgan raqib bo'ldi.

De Rossi keyinroq yanada ochiqroq tan oldi:

Ba'zida raqib sendan kuchliroq ekanini tan olishga to'g'ri keladigan o'yinlar bo'ladi. Fabregas mendan ustun, "Komo" futbolchilari esa umuman boshqa darajada; bugun biz ojiz edik.

Shunga qaramay, "Roma"ning sobiq sardori uch turdan so'ng ochkosiz qolganiga qaramay, o'z jamoasini himoya qildi:

Ba'zida taqvim senga qarshi ishlashi mumkin, ammo men o'z futbolchilarimga ishonaman — ularda kerakli ochkolarni to'plash uchun kuch bor, shuningdek, bizning kampaniyamizda asosiy rol o'ynaydigan stadionimizga ham ishonchim komil.
Gran Gala del Calcio: «Inter» vakillari sovrinlar uchun kurashadi

Gran Gala del Calcio: «Inter» vakillari sovrinlar uchun kurashadi

Bugun bo'lib o'tadigan Gran Gala del Calcio marosimida «Inter» vakillari yilning eng yaxshilari bo'lish uchun kurash olib borishadi.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchilari va murabbiyi taqdirlanadigan yillik Gran Gala del Calcio marosimi bo'lib o'tadi.

«Inter»ning bir nechta futbolchisi yilning ramziy terma jamoasiga kirishga da'vogarlik qilmoqda. Sardor Lautaro Martinesdan tashqari, nomzodlar qatoriga Akandji, Bastoni, Dimarko, sobiq futbolchi Dyumfris, Chalxano'g'li, Zelinski va Tyuram kirgan. Kristian Kivu «Yil murabbiyi» sovrini uchun Sesk Fabregas va Jan Pero Gasperini bilan raqobatlashadi.

FcInter1908.it xabariga ko'ra.

O'ng ustun yangiliklari

Cesc Fabregas «Komo» rahbariyatiga har bir o'yin uchun reja taqdim etadi

Cesc Fabregas «Komo» rahbariyatiga har bir o'yin uchun reja taqdim etadi

«Komo» bosh murabbiyi Ses Fabregas har bir o'yindan oldin va keyin rahbariyatga batafsil hisobot va reja taqdim etishi ma'lum qilindi.

📌 Ses Fabregas «Komo» rahbariyatiga har bir o'yin uchun rejani boshlang'ich hushtak chalinishidan 24 soat oldin taqdim etishi shart.

✔️ Bu klubdagi barchaga jamoa qanday reja asosida rivojlanayotganini va futbolchilar oldiga qanday vazifalar qo'yilganini tushunish imkonini beradi.

🔼 O'yindan so'ng Fabregas yana bir hisobot yuboradi, unda dastlabki reja qanchalik amalga oshirilganini baholaydi. Shu bilan birga, tahliliy shtab har bir futbolchining o'sishini kuzatib boradi.

🌐 «Komo» prezidenti Mirvan Suvarso klub uchun nafaqat natija, balki jamoa unga qanday yo'l bilan erishayotgani ham muhimligini ta'kidladi.

Real Madrid kelajakda ispaniyalik murabbiylarni ko'rib chiqmoqda

Real Madrid kelajakda ispaniyalik murabbiylarni ko'rib chiqmoqda

Real Madrid kelajakda jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Sesk Fabregas va Mikel Arteta nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.

Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Madrid"da Fabregasning ishiga juda yuqori baho berishmoqda. "Qirollik klubi" uning "Komo" boshqaruvidagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Bu "Arsenal" ustozi Artetaga ham tegishli. "Madrid" kelajakda jamoa bosh murabbiyi lavozimiga ispaniyalik mutaxassislarni ko'rib chiqmoqda.