Fabregasning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi «quruq» hisobda g'alaba qozona olmagan, chunki u 76-daqiqada futbolchilardan «sur'atni pasaytirishni» va «yugurishni to'xtatishni» so'ragan. Bu ko'rsatma jamoaga A Seriya o'yini oldidan kuch tejash uchun kerak bo'lgan.
Qolgan vaqt ichida «Yunayted» o'zining yagona golini urdi va o'z tarixidagi Chempionlar ligasidagi eng yirik mag'lubiyat — 1994-yilda «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyat (0:4) takrorlanishidan qutulib qoldi. Murabbiyning «yugurishni to'xtatish» haqidagi iltimosiga qadar «Komo» darvozaga aniq zarbalar (7 – 1) va xG (2 – 0,27) bo'yicha «MYu»dan ustunlik qilayotgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!