Kristian Kivu: «Inter» o'z yo'lida davom etishi kerak»
Internazionale Milano ↗ ●●●●● Matbuot 👁 19

Kristian Kivu: «Inter» o'z yo'lida davom etishi kerak»

Kristian Kivu «Oltin o'rindiq» mukofotini qo'lga kiritishi, «Inter» va jamoa borasidagi kutishlari haqida gapirdi:

«Hamkasblarimdan mukofot olish har doim yoqimli. «Inter»ga, murabbiylar shtabimga va futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Eng avvalo, g'alaba va mag'lubiyatlarda meni qo'llab-quvvatlaydigan oilamga rahmat.

Klub rahbariyati menga bildirgan katta ishonch haqida, futbolchilarimizning so'nggi yillarda erishgan yutuqlari haqida o'ylayman. Men yuqori darajani saqlab qolishga va klubimizdagi yuksak standartlarga mos bo'lishga harakat qilyapman.

Menga ba'zi yorliqlar yoqmaydi. «Inter» — shubhasiz favorit va g'alaba qozonishi shart, deb aytish juda oson. «Inter» ko'p yillar davomida nima qilgan bo'lsa, o'shani davom ettirishi kerak: ishlash, natijalarga erishish va barqarorlikni saqlash. So'zlar va real ishlar o'rtasida uzoq yo'l yotadi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!