Ses Fabregas:
Ertaga butun jamoa bilan chuqur himoyaga yotamiz. "Avtobus" qo'yamiz va qarshi hujumlarda o'ynashga urinib ko'ramiz.
Chunki, o'zingiz aytganingizdek, "Manchester Yunayted"ning o'zi qarshi hujumlarda juda yaxshi, shuning uchun ularga bu imkoniyatni bermaslikka harakat qilamiz (kuladi).
Hazillarni bir chetga surib, biz o'z futbolimizni o'ynashga harakat qilamiz.
Men bir narsa haqida avval ham gapirganman: mag'lubiyatga qanday tayyorsan? Bu savolga biz jamoa va klub sifatida aniq javob berishimiz kerak. Agar yutqazadigan bo'lsak ham, o'zimiz xohlagandek – o'z futbolimizni o'ynab yutqazishimiz kerak.
Qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz – raqibga hurmat bilan va kimga qarshi o'ynayotganimizni hamda ular nimada juda kuchli ekanligini tushungan holda. Lekin biz har doim o'zimiz bo'lib qolishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!