Como jamoasining Torino bilan o'yin oldidan tarkibdagi holati
Como jamoasining Torino bilan o'yin oldidan tarkibdagi jarohatlar va qaytishlar haqidagi so'nggi yangiliklar.
Seshanba, 27-oktyabr kuni Como safarda Torino bilan bahs olib boradi. Tarkibdagi vaziyat bo'yicha ma'lumotlar quyidagicha:
🔹 Kin — seshanba kuni maydonga qaytishi mumkin. Fabregas: «U Torino bilan o'yinda ishtirok etishi mumkin, ammo buni kafolatlay olmayman».
🔹 Liberali — boldir qismidagi yengil jarohat sababli MYu va Sassuolo bilan o'yinlarni o'tkazib yubordi.
🔹 Xesus Rodriges — taxminan ikki oyga safdan chiqdi.
🔹 Diao va Chaloba — tiklanish jarayonini davom ettirishmoqda.
✔️ Yaxshi yangilik: Niko Pas asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda. Sassuolo bilan o'yinda unga shunchaki dam berilgan edi. Fabregas buni shunday izohladi: «Xalqaro tanaffusdan so'ng u qaytish uchun 30 000 km masofa bosib o'tdi va barcha o'yinlarda maydonga tushdi».
⚠️ Torino ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozondi, shuning uchun bizni qiyin bahs kutib turibdi.