#Pikon — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Lamin Yamal «Oltin to'p» haqida: «Men va Mbappe dunyoning eng yaxshilarimiz»

Lamin Yamal «Oltin to'p» haqida: «Men va Mbappe dunyoning eng yaxshilarimiz»

Lamin Yamal «Oltin to'p»ga o'zi loyiq ekanini aytdi. Ekspertlar va jurnalistlar esa uning bu fikriga turlicha munosabat bildirishdi.

Lamin Yamal: «Kimga «Oltin to'p»ni topshirgan bo'lardim? Dunyoning eng yaxshi futbolchisiga. Men Mbappe bilan birgalikda dunyoning eng yaxshilari ekanimizga ishonaman. Buni o'yinlarni kuzatayotgan insonlar ham yaqqol ko'rib turibdi.

Ammo, nazarimda, qo'lga kiritgan barcha sovrinlarimni inobatga olgan holda, bu yil «Oltin to'p»ga aynan men loyiqman»

Pikon (Relevo sobiq jurnalisti): «Yamal o'zi uchun muvaffaqiyatsiz o'tgan JChdan so'ng va Chempionlar ligasida «Atletiko»ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsata olmaganidan keyin «Oltin to'p» so'ramoqda. U Mbappe nomini esa, katta o'yinlarda porlamasdan ham sovrinni yutib olish mumkin degan g'oyani oqlash uchun tilga olmoqda»
Agirre (El Chiringuito hammuallifi): «Yamalning so'zlari? U menga juda yoqadi... Lekin saviya jihatidan u Mbappedan 4 pog'ona ortda»
Meana (Cadena SER jurnalisti): «Yamal JChda va La Ligada Mbappeni mag'lub etdi. Agar bu «Oltin to'p» bizdan [ispanlardan] qochib ketsa, bu men uchun 2010 yildagidan ham ko'ra kattaroq adolatsizlik bo'ladi»