Xakobo ilk bor Ispaniya milliy terma jamoasiga chaqirildi.
Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "2024-yil bahorida, "Real Madrid" Yoro transferi uchun faol kurashayotgan paytda, men top-klublardan birining skauti bilan gaplashgandim. U menga shunday degandi: "Sliyochnilar"ga Yoro nima uchun kerakligini tushunmayapman, axir ularning akademiyasida undan ham kuchliroq markaziy himoyachi bor — Xakobo. Qanday bo'lmasin, hozircha ba'zi rahbarlar tajribaliroq markaziy himoyachini sotib olishni afzal ko'rishadi".
Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Xakoboning "Madrid"dagi debyuti qanchalik yomon chiqqanini eslaysizmi? Ko'pchilik o'shanda unga xoch qo'yib, "Madrid" saviyasiga mos emasligini aytgandi. Bunda hech kimni uning yoshi ham, tajribasizligi ham, jamoaning o'sha paytdagi holati ham qiziqtirmagandi... Endi esa Xakobo dunyoning eng yaxshi terma jamoasiga chaqirilmoqda".
Eslatib o'taman, OAV ma'lumotlariga ko'ra, "Madrid"da kelasi yozda Xakoboni "Komo"dan 9 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqini faollashtirishga qaror qilishgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!