Kilian Mbappe "Oltin to'p" uchun kampaniyasi sabab tanqid qilindi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 7

Kilian Mbappe "Oltin to'p" uchun kampaniyasi sabab tanqid qilindi

🎤Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Mbappening "Oltin to'p" uchun kurashda o'zini targ'ib qilish kampaniyasi menga juda qo'pol va g'ayritabiiy tuyulmoqda. Mening nazarimda, u bu sovringa loyiq emasligidan tashqari, bunday kampaniyalar bilan doimo klub shug'ullangan va buni ancha organik hamda tabiiy amalga oshirgan.

Odatda buning uchun ma'lum media maydonchalardan foydalanilgan va futbolchining o'zi ochiqchasiga sovrinni so'rashi juda kamdan-kam kuzatilgan.

Mbappening hozirgi qilayotgan ishlari xuddi "Oltin to'p"ni deyarli tilanayotgandek ko'rinadi. Eng yomoni shundaki, mening fikrimcha, u shu qilig'i bilan muxlislar ko'z o'ngidagi o'z obro'siga yanada ko'proq putur yetkazmoqda".

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Kimdir Mbappega o'zini sharmanda qilayotganini aytib qo'ysin. U o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lmagani aniq. U BIRORTA HAM sovrin yutmadi.

Bundan tashqari, uning o'zi ovoz yig'ishga urinayotgani menga achinarli tuyuladi.

Mbappe menga juda yoqadi, ammo hozir u o'z yo'nalishini yo'qotib qo'ydi. U JAMOAVIY sovrinlarni qo'lga kiritishga ko'proq e'tibor qaratishi kerak".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!