Real Madridning Elche ustidan qozongan g'alabasi tanqid ostiga olindi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 7

Real Madridning Elche ustidan qozongan g'alabasi tanqid ostiga olindi

📻 Kintana (Radio Marca jurnalisti): "Elche"ga qarshi o'yinda "Real Madrid" ikkinchi bo'limni yana boy berdi va buni inkor etib bo'lmaydi. Biroq, mening nazarimda, jamoa 2 ta gol o'tkazib yuboradigan darajada sustlashgani yo'q. "Madrid" deyarli doimiy ravishda yana gol urishga yaqin edi.

Muammo shundaki, jamoa yana xavfli vaziyatlardan foydalanishda juda zaif harakat qildi. Ayniqsa, bu Vinisiusga tegishli. U shunchaki dahshatli ko'rinmoqda".

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Bugungi g'alaba – ertangi muammolar. Gap faqat "Madrid"ning yomon realizatsiyasida emas, garchi bu ham bor: jamoa "Elche" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida oldinda bormoqda, yakunda esa g'alaba uchun zaxiradan Espini maydonga tushirishga to'g'ri kelmoqda, u esa qo'shib berilgan vaqtda gol urmoqda.

"Real Madrid" hamon o'yin borasida muammolarga duch kelmoqda. Xuddi avvalgi murabbiylar davridagi kabi: jamoa o'yin borishini nazorat qila olmaydi".

🎤 Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Real Madrid" sentyabr oyidayoq La Ligada chempionlik poygasidan chiqib ketishiga ikki daqiqa qolgandi".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!