OAV Diomande haqida: "Uning o'yini hayratlanarli"
Ispaniyalik jurnalistlar "Real Madrid" vingeri Diomandening o'yin uslubi va uning jamoa balansidagi muhim o'rni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
📻 Kintana (Radio Marca jurnalisti):
"Diomande o'yinini kuzatish va uni asta-sekin kashf etib borish juda qiziq! U shablon asosida o'ynamaydi, lekin uning butun o'yini hayratlanarli xotirjamlik va to'p nazoratiga qurilgan — ayniqsa, bunchalik tezkor va agressiv vinger uchun"
📰 R. Martin (AS jurnalisti):
"Diomande himoyada qanchalik ko'p ishlamoqda! Ayni damda u butun "Madrid" o'yin balansini saqlab qolishda kalit rolini o'ynamoqda"